–rаsm. ЯКНО–6 (10)У1В mаrkаli tаqsimlаsh qurilmаsining а) tuzilish




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

6.20–rаsm. ЯКНО–6 (10)У1В mаrkаli tаqsimlаsh qurilmаsining а) tuzilish 
sхеmаsi

b) elеktr sхеmаsi:
1–ЯКНО yacheykasi shkafi; 2–yacheykalarni karyer 
hududi yoki sanoat maydonchasi bo‘ylab harakatlantirish uchun tortish–ulanish 
qurilmali chana (salazka); 3–havo liniyasi kirish quttisi; 4–havo liniyasi kirish 
quttisinig qiya tayanchi; 5–ОПН turdagi o‘ta kuchlanish chegaralagichi; 6–ШФ 
turdagi izolyatorli qabul qiluvchi traversa; 7–avariyali uzishni signallash 
chirog‘i; 8–tashqi yoritishning yoritqichi; 9–ajratgich bo‘lmasining eshigi; 10–
boshqarish bo‘lmasining eshigi; 11–narvon 


169
РВД–6 turidagi KTQ gazdan, changdan xavfli yer osti korxo-
nalarida qo‘llaniladi. Bu qurilma portlashdan himoyalangan bo‘lib, 
masofadan boshqarilish xususiyatiga ega. 
Qurilma qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan tashkil 
topgan va staninaga o‘rnatilgan bo‘lib, qo‘zg‘almas qismiga shina 
joylashtirilgan. Ikki yon tomoniga kabellarni ulash uchun mufta qutisi 
joylashtirilgan. Suriluvchan qismida esa, prujinali yuritma, moyli 
uzgich, o‘lchov, himoya va xabarlovchi jihozlar o‘rnatilgan. 
Qurilmada turli mexanik va elektr blokirovkalar ko‘zda tutilgan. 
Gazdan va changdan o‘ta xavfli kon korxonalarida ЯВ–6400 
turidagi qurilma qo‘llanadi. Bu qurilma elektr magnitli uzgichi bilan 
РВД–6 dan ajralib turadi. Qurilma to‘rt bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, bir–
biridan portlashga chidamli devorlar bilan ajratilgan. Hozirda ВЯП–6, 
РВД–6, ЯВ–6400 turlaridagi KTQlar eskirgan hisoblanadi 
Maxsus KTQ lar tuzilishini mukammallashtirish, murakkab 
talablarni qondirish maqsadida yangi, yuqori texnik ko‘rsatkichli 
КРУВ–6 qurilma o‘zlashtirilgan. 
Bu qurilma uch xil ko‘rinishda (kiritkich, seksiyalarni ulovchi, 
fiderli) va har xil nominal toklar uchun (20–400 A) ishlab chiqariladi. 
КРУВ–6В–УХЛ5 turdagi komplekt taqsimlash qurilmalari 50 
Gs chastotali neytrali izolyatsiyalangan 6 kV kuchlanishli tarmoqlarda 
elektr energiyasini taqsimlash, elektr qurilmalarini himoyalash hamda 
gaz va chang bo‘yicha xavfli yer osti konlarining tok iste’molchilarini 
boshqarish uchun xizmat qiladi. KTQ shkafning portlashdan himoya 
bo‘yicha tayyorlanishi –РВ–4В, masofaviy pultniki– РО– Иа. 
КРУВ–6В–Х/ХХХ–ХХХХХUХЛ5 shartli belgilanishi: 
КРУ – komplet taqsimlash qurilmasi (комплектное распредели-
тельное устройство); 
В – portlashdan himoyalangan (взрывозащищенное); 
6 – nominal kuchlanishi, kV; 
Х –shkafni bajarilish shifri; 
ХХХ – shkafning nominal toki, А; 
ХХХХХ – shkafga ulanadigan buyumning shifri (o‘sib borish 
tartibida); 
УХЛ5 – ГОСТ (davlat standarti) bo‘yicha iqlimiy bajarilishi va 
joylashtirish toifasi. 


170
Konstruksiyasi bo‘yicha kiritish, seksiyali shkaflar va chiquvchi 
ulanmalar shkaflari o‘xshash, bir xil tashqi o‘lcham va ulanish 
o‘lchamlariga ega bo‘ladi va ichiga o‘rnatiladigan apparatlar bilan bir–
biridan farq qiladi. Har bir shkaf portlashdan himoyalovchi to‘siqlar 
bilan ajratilgan bo‘linmalar (kameralar)dan tashkil topgan portlashni 
o‘tkazmaydigan qobiq ko‘rinishida bo‘ladi. Qobiqning yuqori qismida 
to‘g‘riburchakli kameralar joylashtirilib, ulardan o‘rtadagi ikkitasi 
kiruvchi, ikkita chetda joylashganlari esa ajratkichlarning kameralari 
hisoblanadi. Qobiqning pastki qismida ikkilamchi zanjirlar qutisi bilan 
uzgichning kamerasi joylashadi. Uzgichning kamerasi eshik bilan, 
qolganlari qopqoq bilan yopiladi. KTQ shkafida ta’minot va chiqish 
kabellarini ulash uchun kabel kiritish moslamalari ishlatiladi, har bir 
shkafga bir vaqtni o‘zida, ikkita ta’minot va ikkita chiqish kabellari 
(zirhlangan va ЭВТ turdagi kabellar) ulanishi mumkin. KTQ 
shkaflarini masofadan boshqarish uchun masofadan boshqarish 
pultlaridan foydalaniladi. KTQ qurilmasining umumiy ko‘rinishi va 
tashqi o‘lchamlari 6.19–rasmda keltirilgan. 

Download 7,14 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



–rаsm. ЯКНО–6 (10)У1В mаrkаli tаqsimlаsh qurilmаsining а) tuzilish

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish