166
Konchilik korxonalarida elektr energiyani taqsimlashda 6 kV
kuchlanishli o‘zgaruvchan tok keng qo‘llanilgani uchun 6
kV li KTQ
lar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Umumsanoat komplekt taqsimlash qurilmalari.
Umumsanoat
KTQ lari yer osti konchilik korxonalarning yer ustki qismiga,
ochiq
konchilik korxonalarda uning ishlab chiqarish hududidan tashqarisiga,
boyitish fabrikalar hududiga o‘rnatilgan podstansiya va taqsimlash
punktlarida uch fazali o‘zgaruvchan tokni
qabul qilish va taqsimlash
uchun ishlatiladi. KTQ lar tipik metall shkaflar qatori ko‘rinishda
maxsus elektr texnik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu
shkaflar barcha kerakli elektr uskunalar, jihozlar va o‘lchov
asboblari
bilan mujassamlashtirilgan bo‘lib, o‘rnatish joyiga yetkazib borishni,
yig‘ishni va ishga tushirishni soddalashtiradi (6.17–rasm).