174
VII BОB. YER ОSTI KОN KОRХОNАLАRINI
ELEKTRLАSHTIRISH
7.1. Yer osti kon korxonlarining tashqi elektr ta’minoti
Yer osti konlariga elektr energiya tashqi elektr ta’minoti tizimi-
dan keltiriladi. Bunda elektr stansiyalar, energotizim podstansiyasi
yoki yaqindan o‘tgan havo liniyasi, kon korxonasi uchun elektr
energiya manbai bo‘lishi mumkin. Yer osti kon korxonalari elektr
ta’minoti uzluksizligi bo‘yicha 1–toifaga tegishli bo‘lganligi uchun
BPP siga ikkita kuch transformatori o‘rnatiladi. Elektr energiya
manbaidan kon korxonasining BPP ga ikkita elektr tarmoq keltiriladi.
Uzatiladigan elektr energiyaning kuchlanishi 6, 35 va 110 kV, ayrim
hollarda esa 220 kV bo‘ladi.
Quyidagi bir necha sxemalar misolida yer osti kon korxonala-
rining elektr ta’minotini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Yer osti kon korxonalarining yer usti iste’molchilarining elektr
ta’minotini quyidagi sxemaga ko‘ra ko‘rishimiz mumkin.
Yer osti kon korxonalarining yer usti iste’molchilariga quyida-
gilar kiradi: bosh ventilyator qurilmalari, ko‘tarma mashina, kompres-
sorlar, texnologik kompleks, lampaxona, qozonxona, xammom,
oshxona, ma’muriy bino, ustaxonalar, ombor, elektr yoritish asboblari
va boshqalar (7.1–rаsm).