O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)
ilova-353181101285, kuchlanish va deformatsiyalanish x, Ганиева, Biznes Strategiyasi Turlari, 27, 1, 11, Cho`lponga slayd, Marketing yakuniy, 1. G. Raximova Axborotlashgan jamiyat tushunchasi mazmun va mohiyati, 4. G. Raximova. TEST. Axborotlashgan jamiyat., 1419334946 59964, Leksikologiya Reja-fayllar.org, ZDIF2412
Tayanch tushunchalar 
Inerfaol usul,o’qitish shakli, o’quv faoliyati,belashuv, ruhiy intelekt,o’qitish konsepsiyasi,o’qitish 
shakli,faoliyat subekti, davra stoli, baxs-munozara
Psixologiya o'qitish metodikasi fanida interfaol usullarri ta'lim jarayoniga qo’llashning 
psixologik jihatlarini mazmunan yoritishga asoslanadi. Shunga muvofiq o'qitish metodikasida 
o'qitishning asosiy konsepsiyalari ishlab chiqilib interfaol usullarni qo'llanilishi mazkur 
masalalar negiziga asoslanadi. 
Mazkur konsepsiyalardan asosiylari quyidagilardan iborat: 
a) o'qitish uning shakllarini shakllanishi o'qituvchining faol faoliyati — o'quv faoliyati 
hisoblanib, bunda o'qituvchi bu faoliyatning tashkilotchisi rolida ishtirok etadi; 
b) o'quv faoliyatining predmeti va natijasi faoliyatining subyekti o'quvchi hisoblanadi, u 
faoliyat hisobiga qayta tashkil bo'ladi predmet sifatida va o'qitish yakunida o'zgartirilgan 
ko'rinishda namoyon bo'ladi (o'quv faoliyatining natijasi sifatida); 
d) muvaffaqiyatli o'quv faoliyatining asosiy ko'rsatkichi, uning natijasi o'quvchining 
fikrlash mahoratini o'rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish ilmiy va amaliy 
muammolarda erkin va mustaqil yo'l topa olishni tushunish hisoblanadi, shu bilan birga 
bilimlarning fikrlash materiali va vositasi bo'lib xizmat qiladi; 
e) o'quv faoliyatining birligi o'quv masalasi hisoblanadi. Hayotda yuzaga keladigan boshqa 
hamma masalalardan uning predmet ini о zgartirishga emas balki amaldagi subyektning o'zini 
o'zgartirishga birinchi navbatda uning fikrlash harakatlar usullarini egallab olishga qaratilganligi 
bilan farq qiluvchi o'quv taktikasi hisoblanadi; 
o'quv faoliyati jarayoni o'quvchining tashqi predmetni mazmunida o'z harakatlarini ichki 
aqliy ko'rinishga (interiorizatsiya) o'tkazilishi ko'rinishidagi o'quv masalalarini hal etish bo'yicha 
harakatlaridir, ya'ni ularining shaxsiy bilimlar, mahorati va ko'nikmalarini hosil qilib olishidir; 


25 
g) bilish mahorat va ko'nikmalarni o'zlashtirish — bu aqliy harakatlar hisoblanadi, ular 
individ tomonidan shakl obraz ko'rinishida tashqi vositalarga tayanilgan holda (predmetlar 
yordamida yo'l topish yoki so'z bilan yordamlashish) bajariladi va o'quv faoliyati natijasida 
o'zlashtirilgan, qayta tashkil etilgan «sobiq» tashqi predmetli harakatlardan iborat. 
Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o'qitish interfaol 
o'qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o'qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga 
faoliyat yurituvchi, savollarni o'zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo'zg'atib 
va faollashtirib boradigan o'quvchi va o'qituvchi faoliyati markaziy o'rinni egallaydi. 
Interfaol usulni qo'llaganda hammasidan ko'ra bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini 
intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammoni yechishni 
izlaganlarida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta'sir qiladigan, 
atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o'zining shunga o'xshash, yaqin yoki 
aksincha mutlaqo qarama-qarshi fikr bildirishga da'vat etadi. 
Bunday mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchidan ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etiladi. 
Oldindan ma'lum yoki ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etuvchi kitobdan o'qiganlarini 
hikoya qilish shaklidagi dars passiv darajada o'tadi. Interfaol usuli nafaqat ta'limda balki, 
tarbiyada ham ayniqsa yaxshi natija keltiradi, ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda o'qituvchi 
muhokamaga ta'sir qilganda nafaqat fikr bildiradi, balki muammoga o'zining shaxsiy 
munosabatini, axloqiy mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. Talabalar bahsida o'qituvchini 
ishtiroki turlicha bo'lishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham o'zini fikrini o'tkazmasligi 
kerak. Yaxshisi bahsni boshqarishda yaxshilab hisoblab chiqilgan usul, sermahsul fikrlashni, 
yechimini topishda ijodiy izlanuvchanlikni talab etuvchi yo'lni muammoli savol qo'yish orqali 
boshqarish lozim. O'qituvchi o'z nuqtayi nazaridan chiqarishda fikr bildiradi, faqat talabalar 
fikridan xulosa chiqarish bilan isbotlash va xato fikrlarni rad etish kerak. Bu usul bilan bahsni 
nafaqat mazmuni intellektual — bilish, nazariy savollarni yo'llash mumkin, shuningdek, 
hamkorlikda sermahsul faoliyatlarini tuzish, talabalar shaxsiga o'z ta'siri bilan o'quv faoliyatini 
o'quv tarbiya jarayoniga aylantirishi mumkin. 
Shu tartibda, interfaol o'qitish usuli, talabalarning hamkorlikdagi faoliyati o'qituvchining 
bahslardagi ishtiroki tufayli dars jarayonini nafaqat hamkorlikdagi faoliyati bo'ladi, balki 
shaxsning ijtimoiy raunosabatlarining real ijodiy sermahsul faoliyatiga aylanadi. O'qishdagi 
hamkorlik o'z-o'zidan talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, to'g'ridan-to'g'ri ularning ichki 
dunyosiga ta'sir etadi va dars jarayonini asosiy tarbiyaviy funksiyasi hisoblanadi. 


26 
Hamkorlikdan tuzilgan sermahsul faoliyatni uchta alohida faol usul nomi bilan ajratish 
mumkinmi? Umuman olganda, dars jarayonini tarbiyaviy funksiyasini hisobga olganda 
mumkin. Lekin bunday qilish kerakmi? Bu maqsadga muvofiq hisoblanmavdi, zero interfaol 
usul bu o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi ijodiy (sermahsul) faoliyati, shaxsning 
hamkorlikdagi jarayonigina emas, shuningdek, bilish izlanish jarayonini yuzaga kelishi hamdir. 
O'qituvchi shu narsani doim esda to’tishi lozimki, bahsda savollarni o'z holicha qilmasdan, faqat 
faol bilishning yo'nalishi «talaba-talaba» hamkorligi bilan chegaralanib qolmasdan, doim 
«o'qituvchi-talaba» tizimini qo'shilishi muhimligini nazarda to’tish kerak. 
Interfaol o'qitish usuliga quyidagilar kiradi:
1) evrestik suhbat;
2) bahs usul; 
3) aqliy hujum;
4) davra stoli; 
5) ishbilarmon o'yinlar usuli;
6) amaliy ish bo'yicha tanlov muhokamasi va boshqa alohida o'qituvchi bilan qo'llanuvchi — 
zavqli interfaol o'qitish usullari kiradi. Ularning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
Interfaol o'qitishning bir usuli everstik suhbat bo'lib, lotincha — «to'playman, izlayman» 
ma'nolarini anglatadi. Bu suhbat usuli bo'lib qadimgi grekcha ko'rinishi Suqrot suhbati deb 
nomlangan o'qitish tizimiga asoslangan. Shu yo'l bilan mohirona savollar tuzish va o'quvchini 
qo'yilgan savolga mustaqil ravishda to'g'ri javob topishga yo'naltirish kerak. Bu o'qitish usulini 
Suqrotnikidan farqi uning keng doirada jonligidir. Lekin uning so'zsiz o'xshashlik tomonlari 
ham mavjud, o'z tavsifiga ko'ra olinayotgan funksiyasi bevosita ularni faol o'ylash orqali 
o'quvchilarni mohirona savol berishga qaratilganligidir. O'z yo'nalishining psixologik tabiatiga 
ko'ra — evrestik suhbat bu jamoaviy fikrlash yoki suhbat, muammoning yechimini izlovchi 
sifatidagi suhbatdir. Shuning uchun pedagogikada bu usul muammoli o'qitish usullaridan 
hisoblanadi, shu qatorda muammoli izlanuvchi deb mlanuvchi suhbatdan everestik suhbat 
psixologik tomondan hech ham farq qilmaydi. Pedagogika ular orasida shaxsiy miqdoriy 
chegara o'tkazadi. Agar evrestik suhbat faqat qaysidir mavzuni bitta elementiga tegishli bo'lsa, 
muammoli izlanishda esa — muammoli vaziyatlar ko'p. Biroq bunday farqlanish taqidni 
ko'tarmaydi, amaliyotda suhbatni haqiqiysiga aylantirishsa mashg'ulotlarda «faqat bitta» va 
«ko’p» muammolar orasidagi bu ko'rinmas farqni sezish mumkin emas: o'qituvchi va auditoriya 


27 
orasidagi suhbat ko'p savolli suhbatga aylanadi va mavzuga tegishli suhbat bilinmasdan bahsga 
o'tadi. Lekin endi bu o'qitishning boshqa usulidir, bunga keyinroq to'xtalamiz. Gap shundaki, 
suhbatda fikrlab izlanish jamoaviy izlanishga aylanadi va muammoning yechimini izlashda 
fikrlar almashinuvi, turli variantlar, orasidagi xulosalar hamkorlik va hamfikrliylik bir-birini 
faollashtiradi. 
Shuning uchun mantiqan bu usul interfaol o'qitish usuli sifatida ko'rib chiqiladi. 
Suhbatni evrestik suhbatga aylantirish uchun qo'yilgan savollar ham boshqa muammoli 
o'qitish usullari rioya qiladigan shartlarga bo'ysunadi. Evrestik suhbatga aylanish jarayonida esa, 
muammoli vaziyatni keltirib chiqarilgan interfaol o'qitish usullaridan birini amalga oshirishdan 
bo'lak narsa emas. 
So'nggi ishlarda bahs interfaol o'qitish usuli sifatida qoilanila boshlandi. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish