O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)
ilova-353181101285, kuchlanish va deformatsiyalanish x, Ганиева, Biznes Strategiyasi Turlari, 27, 1, 11, Cho`lponga slayd, Marketing yakuniy, 1. G. Raximova Axborotlashgan jamiyat tushunchasi mazmun va mohiyati, 4. G. Raximova. TEST. Axborotlashgan jamiyat., 1419334946 59964, Leksikologiya Reja-fayllar.org, ZDIF2412
«Aqliy hujum»usuli ohy o'quv yurtlari amahyotida o'qitish usuli sifatida qo'llashga 
ulguigani yo'q, bu usul boshqaruv tizimi, shuningdek, ilmiy izlanishlar natijasida kelib chiqqan. 
U ayniqsa, iqtisodiy boshqaruv faohyati, menejmentda keng qo'llaniladi. O'qitishga bog'liq 
bo'lmagan holda aqliy hujum usulining mazmuni mohiyati nimada? Mutaxassislarning fikricha, 
muammoning javobini qidirishda bevosita miyaga kelgan fikrlar, taxminlar tasodifiy 
o'xshatishlar, shuningdek, birdan kelib chiqadigan, mavjud kerak va nokerak bog'lanishlarni 
asoslab berishlarini o'z ichiga oladi. Keyin diktofonga yozib olingan tasodifiy jumla, fikrlarni 
diqqat bilan tahlil qihsh yo'li ayniqsa qiziqarh ya'ni aqliy hujum usuliga yaqin boiganlari ajratib 
olinadi va keyinchalik chuqurroq savol quyilib, muhokama qihsh uchun foydalaniladi. Aqliy 
hujumning o'ziga xos oltin qoidasi mavjud bo'lib — ishtirokchilar suhbati davomida 
aytishganlaridan hech biriga shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda to'la 
erkinlik yaratib berish lozim. Bunday psixologik erkinlik o'zini xotiijam to’tishga «guruh 
fikridan» uyalmaslikka omadsiz luqma tashlash bilan o'zini o'ng'aysiz holatga qo'yishdan 
qo'rqmaslikka imkon beradi. Bunday holatda (ayniqsa, ishtirokchilar bunga moslashganda) 
ko'chirishi to'g'ri bo'lgan, hech nimaga yaramaydigan (ayni damda muammoni yechish uchun) 
ahmoqona, kutilmagan, lekin zarur bo'lgan, haqiqatdan intensiv fikrlar yuzaga keladi. Ana 
shuning uchun ham aqliy hujum uyushtiriladi. Lekin bu, menejment va ilmiy izlanishlarda to'g'ri 
yechimni izlash uchun qo'llaniladi. Bu usulni oliy o'quv yurtlarida qanday qo'llash mumkin? 
Aytish lozimki, imkoniyatlar diapozoni psixologiya o'qitishda qo'llash uchun yetarli emas. 
Lekin aqliy hujum usuli qaysidir muammo yechimining qiyinchiliklarini tushuntirish maqsadida 
qo'llash mumkin. Masalan: iqtisodiy ba'zi muammolar (maoshning kechikishi, korxonalarning 
ixtiyoriy soliq to'lashi va h.k.) sotsiologiyada (siyosiy faoliyat reytingi interpritatsiyasi) 


32 
pedagogikada (axloq va axloqsizlik o'rtasidagi qarama- qarshilik), psixologiyada psixikani 
rivojlanish qonuniyatlari va ta'lim- tarbiya amaliyoti va h.k. 
Aqliy hujumda, yosh va pedagogik psixologiyani o'qitishda foydalanishda quyidagilami 
misol qilamiz. Seminar mashg'ulotida o'smirlik psixik rivojlanishida krizisi muammosi 
muhokama qilinmoqda, pedagogika kollejini tugatib boshlang'ich sinf o'qituvchisi yoki maktab 
psixologi bo'lib ishlayotgan sirtqi bo'lim talabalari bunday krizisni amahy faoliyatlari davomida 
guvohi bo'lganlari uchun ularga bu jarayon. yaxshi tanish edi. Bunday o'smirlar bilan ishlash 
davomida beriladigan tavsiyalarni ham bilar edilar. Alohida tavsiyalai
-
o'zini oqlardi, ulardan 
ko'pchiligi esa, na ta'limda na tarbiyada ko’tilgan natijani bermadi. Umuman ularda o'tish 
davrida bo'ladigan inqirozga uchragan o'smirlar bilan ishlash davomida ko'plab usullar va turli 
xil fikrlar ko'p edi. Bu haqida bilgan o'qituvchi aqliy hujum usulini qo'llashdi: har qanday fikrni 
bildirishga ruxsat beradi, jumladan, «zararli» yoki «yaramaydigan» deb tanqid qihnadigan 
fikrlar shuningdek, har qanday yaqqol yoki yashirin tanqidiy fikrlarni bildirishni taqiqlaydi. 
Bundan tashqari, o'qituvchi «juda qiziqarli», «qiziqarli» va h.k. kabi o'z so'zlari bilan ma'qullab 
turadi. Xo'sh nima bo'pti? Krizisning o'tish davrida o'smirlar bilan qanday ishlash mumkinligi 
haqida 40 dan ortiq fikrlar bildirildi. Ba'zi fikr shu yerning o'zida boshqa fikrlar bilan bog'liq 
holda tug'ildi, boshqalari shunchaki aytilgan so'zlar edi, lekin ko'pincha bu shaxsiy malakadan 
iborat bo'lib, bu nimaga asoslanadi: «tanqid qilgani» tavsiyaga amal qilib, xato yoki nojo'ya 
maslahatlarni tanqidiy izohsiz, hatto qanday bo'lishdan qat'i nazar unga o'z munosabatini 
bildirmay, shunchaki hisoblashidir. 
Aqliy hujum nima beradi, ayni vaziyatda — bu usul qo'llanishdan olingan foydaning real 
natijasi qanday? U shundan iboratki talabalar, bu yoshdagi bolalar bilan ishlash malakalari 
yetarli ancha mashhur pedagogik nazariyalardan va psixologik o'sishda duch keladigan 
krizisdagi o'smirlar bilan ishlash usullari bo'yicha maslahat va tavsiyalar berishdi. Bunday 
tavsiyalar orasida, fan va amaliyotda qo'llasa bo'ladigan, kerakli natijalarga olib keladigan fikrlar 
ham mavjud. Shu yo'l bilan keyingi faoliyat uchun foydali va asosiysi muloqot psixologiyasini 
o'rganishga taxminan shunday fikrlar yuzaga keladi. Usui va uslublarda ish ko'p, lekin o'smirlik 
davridagi krizis maktabdagi ta'lim-tarbiyani rad etishda davom etaveradi, zero, hamma uslub va 
usullar muammoni hal etavermaydi. 
Bunday manfiy xulosa talabalarni jiddiy psixologik tahlil qilishga undaydi va quyidagi 
savolga javob berishni talab qiladi. Nahotki, maktabdagi bu muammodan qutilishning iloji yo'q? 
Aqliy hujumdan so'ng seminar mashg'ulotida, maktabda tavsiya etiladigan va foydalaniladigan 


33 
ko'pchilik usullar samarasizligini psixologik sabablari muhokamasi boshlandi. Shu yo'l bilan 
ayni vaziyatda aqliy hujum o'smirlar bilan ishlashning ko'plab usuli va yo'nalishlarini hisoblab 
chiqishga yordamlashdi va shu bilan birga talabalarni psixologik muammoni tahlil qilishga 
fikrlashga tayyorlaydi. Bunday mezonlar hozirgi zamon psixologiyasida ko'plab uchraydi, 
demak, aqliy hujum usuli bu kundalik ishimizda uchraydigan muammolarni yechishda 
talabalarni ijodiy yondashishlarida yordam beradi. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish