—
birinchidan — bu o'quv amaliyotida yangi va to'la oqlamagan usuldir;
—
ikkinchidan — bu usul bo'yicha mashg'ulotlarni tayyorlash qiyin jarayon va ko'p vaqt
talab etadi;
—
uchinchidan — har doim o'qituvchiga ijtimoiy psixologiyaning qaysi muammolari
guruhiy treningga olib kelish kerakligini tushunavermaydi.
Dastlabki ikkita sabab ko'rinishdan ahamiyatsizdek ko'rinsada uchinchisiga kelsak, amalda
uni hozir ko'proq o'tkaziladigan trening mavzuyi va muammosi bilan nomlab bartaraf etish
mumkin. Shunday akademik boshqarma yoki yuqori malakali institutlarda talabalar
auditoriyasida jamoa mavzusi bo'yicha o'quvchi yoki talabalar jamoasining shiorlari
«Tanishuv», «O'zaro tushunish», «Yaxshi kayfiyat mimikasi-hissiy yaqinlik», «Nizolarsiz
muloqot», «Nizoni nima qihsh kerak», «Vaqtincha to'xtatish, davom etishga qo'yib berish
orqaga surish», «Men va jamoa» va h.k. treninglar tafakkur taraqqiyoti (nutq va uning namoyon
bo'lishi) jarayoni guruhdagi individlar hamkorligi va boshqalar bo'yicha intellektual treninglar
o'tkaziladi.
Guruhiy trening usuli bilan o'tkaziladigan darslar o'qituvchida boshqa dars shakllari
ishbilarmon o'yinlar, davra stoli yoki bahs kabi katta tayyorgarlikni talab etadi. Tayyorgarlik
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
a) treningning rejasi ustida ishlash;
b) talabalar bilan muammoning yechimini qidirishda faol ishtirokini ta'minlash (odatda, bu
o'tilayotgan mavzudagi savollarni oldindan berib qo'yish bilan bog'liq) bo'yicha ishlash;
38
d) o'qituvchining o'z ustida ishlashi, u o'zining treningda qanday to’tishini o'ylab topadi;
savollarni qanday qo'yish va muhokamalarga qanday munosabat bildirishi bahsli vaziyatni
drammalashtirish yoki tomonlarning bir-biri bilan kelishishi guruh ishtirokchilarida javob
variantlarini talab etishi yoki o'zi aytishi noto'g'ri yechimga guruh qanday munosabatda qachon
va qanday umumiy xulosa chiqarish kerak. Trening davomida talabalar faolligi qanday
baholanadi va hokazolar;
e) ishtirokchilar orasida rollarni taqsimlash, lekin rollar hammaga yetishmasligi mumkin.
Shunda ko'pchilikka tanqidchi va kuzatuvchi rollari beriladi va treningda eng faol ishtirokchini
ta'minlash.
Trening davomida bajariladigan rollarning boshqa ishtirokchilariga taqdim etishi mumkin.
Rollar turlicha bo'lishi mumkin. Ular mavzudan kelib chiqadi. Masalan, «Jamoa» mavzusi
bo'yicha treningda «Nizosiz muloqot yoki nizoni bartaraf qilish» bo'limlarida shunday rollar
bo'lishi mumkin. «O'qituvchi», «tashkilotchi», «fikrlar generatori», «usta» (rollar imkon qadar
nizoli) «adolat tarafdori», «kuldiruvchi», «tanqidchi», «qo'zg'aluvchi» «an'analar saqlovchisi»,
«uchinchi», «аууог», «mug'ombir» (o'rtacha nizoli) va yaratuvchi, ishtirokchi, dangasa, yaxshi
yigit, nozik qiz, administrator (kam nizoli) va h.k.
Ijtimoiy psixologik trening bu oddiy so'z bilan aytganda mashq qandaydir malakalarni
egallash emas, balki faol ijtimoiy psixologik shaxsni muloqotda faolligi va yo'nalganligiga
qaratilgan va guruhlarda ijtimoiy psixologik obyekti sifatida shakllanganligi darajasiga
ko'tarilishiga qaratilgan o'qitish usulidir.
O'qitish usuli sifatida guruhiy treningning ahamiyati o'quvchilarni bunday hamkorlikdagi
faoliyati qaysiki oddiy talabalar o'quv guruhini ijtimoiy psixologik ko'rinishga ega modeliga
aylantiruvchi muhimi hisoblanadi. Shuning uchun ijtimoiy treningni nazariyada shakllangan
ijtimoiy amaliy psixologiyani o'qitishda yordam beruvchi deb hisoblash mumkin. Agar
ishbilarmon usul — nazariyadan kelib chiqqan amaliy faoliyatga o'rgatsa, trening esa, amaliy
vaziyatlardan kelib chiqib — nazariyani o'rgatishiga yana bir bor guvoh bo'lamiz.
Faol o'qitish usullari haqida fikrimizni yakunlar ekanmiz o'qituvchilarga shuni eslatishimiz
kerakki, bu yerda ko'rib chiqqan o'qitish usullari o'ziga xos alohida misollarga ega. Shuningdek,
mazkur usullardan dars jarayonida foydalanish o'quvchilarda bilim, ko'nikma, malakalarni ongli
ravishda va samarali o'zlashtirish imkonini beradi.
39
5-mavzu. PSIXOLOGIYA KURSIDAN MARUZALAR TASHKIL ETISH MЕTODIKASI
|