• Arifmetik masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi.
  • Matematika o‘qitish metodikasining taraqqiyoti tarixi.
  • Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi




    Download 0,57 Mb.
    bet22/23
    Sana07.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #131394
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    5A111701 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi boshlang‘ich

    Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi. Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi. Ulush. Butunning ulushini topish. Ulushga ko‘ra butunni topish. Maxraji 10 dan oshmagan kasrlarni taqqoslash. Maxrajlari bir xil bo‘lgan kasrlarni qo‘shish va ayirishning ma’nosi. Sonning kasr qismi va kasrga ko‘ra sonni topishga doir masalalar yechish. Kasr. Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan kasrlar tushunchasi. Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan teng kasrlar. Maxraji 3, 4, 5, 6, 8, 12 bo‘lgan kasrlarni yarim ulush bilan taqqoslash. O‘nli kasrni to‘g‘ri kasr ko‘rinishda ifodalash. O‘nli kasrlar ustida arifmetik amallar.
    Arifmetik masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi. Masala va uning tarkibi. Sodda va murakkab masalalar. Masala tuzish va uni yechish. Masala yechishga o‘rgatish bosqichlari va uning mantiqiy asosi. Masalalar turlari va ular ustida ijodiy ishlash. Konsentrlar (10, 100, 1000 va ko‘p xonali sonlar) bo‘yicha masalalar yechish ustida ishlash. Masala yechishga o‘rgatishning umumiy usullari ustida ishlash. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratning perimetrini, yuziga doir masalalar yechishga o’rgatish. Yuzlarni formula yordamida hisoblashga doir masalalar. Bir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakab masalalarni yechishga o‘rgatish. Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish. Sonli tenglik va tengsizliklarga oid masalalar yechish. Murakkab masalalar yechish usullari. Masalani bir o‘zgaruvchli tenglama yordamida yechish.
    Matematika o‘qitish metodikasining taraqqiyoti tarixi. Matematika o‘qitish metodikasining tarixi, taraqqiyot bosqichlari hamda rivojlanish yo‘llari.


    II. Mutahassilik fanlaridan sinov imtihonlarining o‘tkazilish tartibi

    1. Kirish imtihonlari mahsus veb kameralar bilan jihozlangan xonalarda karantin qoidalarga amal qilingan holda o‘tkaziladi.

    2. Imtihonga talabalarning telefon, kitob, shpargalka kabi taqiqlangan buyumlarni olib kirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

    3. Talabalar imtihonga kirishidan oldin maxsus detector orqali tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv vaqtida taqiqlangan buyumlarni topshirishdan bosh tortsa imtihonga qo‘yilmaydi.

    4. Imtihon vaqtida nazoratchilar tomonidan taqiqlangan buyumlar aniqlangan taqdirda imtihondan chetlatiladi.

    5. Imtihon boshlanganidan so‘ng kech qolgan talabalar imtihonga kiritilmaydi.

    6. Yozma ish uchun 3 soat vaqt beriladi. 3 soatdan so‘ng daftarlar yig‘ib olinadi. Boshqa kunga ham ko’chirilmaydi.

    7. Yozma ish yakunlangach o‘sha yerning o‘zida daftarlar shifrlanib, tekshiruvchilarga beriladi. Tekshiruvchilar ishini yakunlagach shu yerning o‘zida baholar qaydnomalarga ko‘chiriladi. Ertasi kuni imtihon natijalari rasmiy saytda e’lon qilinadi.

    III. Baholash mezonlari


    Baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi.
    Har bir yozma ish fanni qamrab oluvchi barcha bo‘limlarni o‘z ichiga olgan 5 tadan savoldan iborat bo'lib, har bir savol uchun esa maksimal 20 ball belgilangan. Variantdagi har bir savolga yozilgan javoblarning mazmuniga qarab, ularga quyidagicha miqdorda ballar belgilanadi:

    Har bir javob uchun qo‘yiladigan
    ball

    Mezon


    17,2-20


    1. Mustaqil mushohada asosida to‘g‘ri va to‘liq javob yozilsa;

    2. Savolning mazmuni, mohiyati izchil yoritilsa;

    3. Shuningdek, ijodiy yondashilsa;

    4. Javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa;

    5. Mavzuga ko‘ra hulosa yozilsa.

    14,2-17,1

    1. Mustaqil mushohada asosida to‘g‘ri lekin to‘la javob yozilmasa;

    2. Savolning mazmuni, mohiyati qisman yoritilsa;

    3. Shuningdek, ijodiy yondashilsa;

    4. Javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa;

    5. Mavzuga ko‘ra hulosa yozilsa.

    11-14,1

    1. Mustaqil mushohada asosida to‘g‘ri lekin to‘la javob yozilmasa;

    2. Savolning mazmuni, mohiyati qisman yoritilsa;

    3. Shuningdek, ijodiy yondashilmasa;

    4. Javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilmasa;

    5. Mavzuga ko‘ra hulosa yozilmasa.

    0-10,9

    1. Mustaqil mushohada asosida qisman bo’lsada javob yozilmasa;

    2. Savolning mazmuni, mohiyati qisman yoritilmasa;

    3. Shuningdek, ijodiy yondashilmasa;

    4. Javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilmasa;

    5. Mavzuga ko‘ra hulosa yozilmasa.



    Download 0,57 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi

    Download 0,57 Mb.