• 2. Akademik nutq: 1. Oquv yurtlari maruzalari. 2. Ilmiy nutq (maruzalar). 3. Ilmiy sharh. 4. Ilmiy axborot. 3. Sud nutqi
  • 4. Ijtimoiy-maishiy nutq
  • Me’yor tushunchasi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




    Download 2,06 Mb.
    bet4/74
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,06 Mb.
    #148961
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    Akademik yozuv majmua sirtqi (2)

    Og’zaki nutq turlari

    1. Siyosiy-ijtimoiy nutq:

    1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.


    2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
    3. Siyosiy sharh.
    4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
    5. Miting nutqi.
    6. Rasmiy-diplomatik nutq.
    7. Ilmiy-ommabop nutq.
    2. Akademik nutq:
    1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
    2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
    3. Ilmiy sharh.
    4. Ilmiy axborot.
    3. Sud nutqi:
    1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
    2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
    3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
    4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
    5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.

    4. Ijtimoiy-maishiy nutq:


    1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
    2. Ta'ziya (motam nutqi).
    3. Tabrik nutqi (tost).

    5. Diniy nutq:


    1. Hutba.
    2. Va'z.


    Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
    Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
    Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyatkabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi.
    Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.
    Me’yor tushunchasi
    Nutq mаdаniyati to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn) gааsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdааdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi.
    Hаr bir lаhjаning, so‘zlаshuv tilining, аdаbiy tilning o‘z mе’yorlаri bo‘lgаnidеk, nutqning аlоhidа ko‘rinishlаri bo‘lgаn аrgоlаr, jаrgоnlаr hаm o‘z mе’yorigа egа. Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi:
    1. Diаlеktаl mе’yor.
    2. So‘zlаshuv nutqi mе’yori.
    3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori.
    4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor).

    Download 2,06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

    Download 2,06 Mb.