|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 14/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Hujjat namunalari bilan ishlash
Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi:
l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar)
2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma , farmoyish).
3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar).
4. Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlarga bo‘linadi. Bojxona organlarida xususiy hujjatlarga fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir vaziyat va holatni izohlab, tushuntirib berish maqsadida yoziladi. Namunaviy hujjatlar sirasiga ish yuritish sohasiga oid hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabi belgilangan tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi.
Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari
Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimai hol
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.
Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimai hoi).
2. Matn:
1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi;
3) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);
4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko'ra mutaxassisligi;
5) ish faoliyatining turlari;
6) oxirgi ish joyi va lavozimi;
7) mukofot va rag'batlantirishlar;
8) jamoat ishlarida ishtiroki;
9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
10) turar joyi;
3. Sana.
4. lmzo.
Tarjimai hoi oddiy qog'ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog'ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimai hoi shunday tuzilishi kerak-ki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo'lsin.
Ariza
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.
Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.
Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi.
Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, bo‘lim va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningaek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning hujjati bo‘lmaydi.
Ariza bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, yoki keng jamoatchilikni o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi—fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo'llaniladi
Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o'quv yurtlariga kirish yoki muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo'lish haqidadir.
Ish jarayonida ham xodimiar o'zlari ishlab turgan muassasasnning rahbariyatiga turli mavzularda arizalar yozadilar. Ular ish sharoitini yaxshilash, boshqa ishga o'tkazish, nafaqa belgilash, qo'shimcha ta’til berish, moddiy yordam ko‘rsatish, yashash sharoitini yaxshilash haqida iltimos mazmunida yoki ish sharoitini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish haqida taklif mazmunida yozilishi mumkin.
Mehnatkashlar va boshqa toifadagi aholi ish joyidan tashqari ko'plab rasmiy va jamoat tashkilotilariga turli mavzudagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar vositasida fuqarolar davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqali o‘zlariga ega bo‘lgan muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar, shu bilan birga shikoyat mazmunidagi arizalar fuqarolarning haq-huquqlarini, qonun yoli bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish haqida murojaatlar o‘z aksini topadi. Arizalar mahalliy (viloyat, tuman, shahar, qishloq) kengashlarning boshliqlariga, ijtimoiy ta’minot idoralariga, sud va prokuratura idoralariga, notarial idoralarga, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va arxiv bo‘limlariga, qurilish boshqarmalariga va boshqa idoralarga yozilishi mumkin.
Da’vo arizasining matni (mazmuni) matinda nizoning mohiyati, da’voga ming nizoni ko'ngilli ravishda hal qilish yo'lidagi chora-tadbirlari va uning natijalari, da’vogarning javobgarga qo‘ygan talablari, talablaming haqqoniyligiga dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi.
Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar sanaladi).
Da'vo arizalari fuqarolar tomonidan ham yoziladi. Bunday arizalar ko'pincha sud idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan faqat to'rtburchak muhrning bo'lmasligi bilan farqlanadi. Fuqarolarning da’vo arizalari aliment undirish, mol-mulkni bolish, bolani qaytarib olish, qo'shimcha ishlaganlik uchun haq undirish, turar joydan ko‘chirish, qarzni undirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin.
Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi) lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi.
|
| |