|
-mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so’z va so’z birikmalarini ko’chirib yozing. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
Hujjatlarning tuzilishi
|
bet | 11/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)3-mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so’z va so’z birikmalarini ko’chirib yozing. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
Hujjatlarning tuzilishi
Hujjatlarga qo’yiladigan talablar:
1.Hujjatlarni tuzish, ularni tayyorlashga oddiy, yengil qarash mumkin emas, chunki u huquqiy jihatdan kuchga ega bo’lgani uchun jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo qiladi.
Hujjatlarni tuzishda, avvalo zaruriy (tarkibiy) qismlar, ya’ni rekvizitlarga e’tibor berish, unga rioya qilish shart. Qismlarning majmuasi qoidalar (formulalar) deyiladi. Hujjatlar turli-tuman bo’lgani uchun ham zaruriy (rekvizit) qismlarida farqli jihatlar mavjud. Qismlar tartibli ravishda ketma-ket o’rin oladi. Bu ketma-ketlik qat’iylik xarakteriga ega. Formular -qoidalar talabi xuddi shu ketma-ketlikka rioya qilishdan iborat. Ayrim hujjatlarning zaruriy qismlari qonun chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan meyoriy hujjatlarda qayd qilingan, belgilab berilgan bo’ladi. Masalan: pasport, shaxsiy varaqa (so’rovnoma, rezyume) va h.k. Hujjatlarda u yoki bu qismning aks etmasligi uning huquqiy kuchini yo’qotishga olib keladi.
Zaruriy qismlar to’g’ri, aniq ifodalangan bo’lishi hujjatlarga qo’yiladigan talablarning asosini tashkil qiladi.
Hujjatlarni tayyorlashda qog’ozlarning shakli, o’lchami ham ahamiyatga ega. Ish qog’ozlarining chap tomonida 20mm, yuqorida kamida 10mm, o’ng va past tomonida 8-10mm bo’sh joylar bo’lishi kerak.
Bosma ish qog’ozlari 2 ta turga bo’linadi.
1)Umumiy blanka, 2) Xat blankasi.
Umumiy blanka-bosma ish qog’ozining farqi shundaki, unda “tashkilot nomi”dan keyin aloqa bo’linmasining ko’rsatgichi, pochta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo’lmaydi.
Rasmiy xizmat blanklari-firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya nusxa qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog’ozlari hisoblanadi.
Hujjat matnlari mazmunan lo’nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo’lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo’linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.
4-mashq.Tushunchalar tahlili metodidan foydalanib matnda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmalariga izoh bering.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so’z va so’z birikmalarini ko’chirib yozing. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
Hujjatlarning tuzilishi
|