• 15-semenar: Ilmiy matinda dallilar, obyektlar, jarayonlar va xulosalarning berilishi
  • 15-semenar: Ilmiy matinda dallilar, obyektlar, jarayonlar va xulosalarning berilishi




    Download 293.86 Kb.
    bet1/2
    Sana21.06.2023
    Hajmi293.86 Kb.
    #74747
      1   2
    Bog'liq
    15-semanar
    7a62383f-5d01-4f54-ba15-7de145efcb8d, 14-mavzu. Robotlashtirilgan texnologik kompekslar, COMPUTER1 UZ, 555555, Диплом ҳимоя, Muqova, 1.09-Matematika-мехнат, FAXRIY YORLIQ, 3X4 RASM, 1. DPM larda parxez ovqatlanishi, 425 ustama, 4-mavzu, Tarmoq xavfsizligini ta\'minlash vositalari-hozir.org, тест 2



    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


    Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti
    Qarshi filiali Telekommunikatsiya va Kasbiy ta’lim fakulteti
    Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi
    TT_11-22 guruh talabasi Rasulov Komilning
    Akademik yozuv 2 fanidan tayyorlagan

    15-SEMENAR
    15-semenar: Ilmiy matinda dallilar, obyektlar, jarayonlar va xulosalarning berilishi

    Ilm-fan deyilganda, asosan ma’lum bilim turlari tushuniladi, shuningdek maxsus vazifasi bilim olish, to‘plash, tekshirish va ularni haqqoniyligini mantiqiy hamda tajribaviy usullar bilan isbotlash kabi inson va jamiyat faoliyati, “fan”ga ta’rif sifatida qabul qilinishi mumkin. Fan – hodisalarning obyektiv qonuniyatlarini o‘rganadi, shu tufayli fan hodisalarni oldindan ko‘ra oladigan, bashoratchilik funksiyasiga ega.Fan, jamiyatning yuqori, taraqqiyotini belgilasa, bunga aloqador millat esa zamonaviy sivilizatsiyani belgilab beradi. Shunga qaramasdan ilm-fani umuman yo‘q xalqlar ham mavjud – Avstraliya aborigenlari, Janubiy Amerikadagi ba’zi hindu qabilalari. Ushbu fikr nisbatan olingan, sababi yuqorida ko‘rsatilgan xalqlar ilmiy bilish metodlari, xususan kuzatish, o‘lchov, tajriba va shu kabi metodlardan primitiv holda bo‘lsa ham foydalanishgan. Ilm – kishining o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba natijasida orttirgan bilishi. Ilm – obyektiv hodisa qonunlarini o‘rganadi va oldindan ko‘ra oladi. Insonlarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari, ya’ni voqelikni inson tafakkurida aks etishi – bilimdir.Insonning moddiy dunyo to‘g‘risidagi bilimi nisbiydir, u doimo kundalik tajriba, kuzatishlar orqali to‘planib, rivojlanib turadi. Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Dastlabki bilimlar amaliy tavsifga ega bo‘lgan. Benihoya serqirra bo‘lgan fanda, u bajaradigan quyidagi uchta funksiyani alohida ajratib ko‘rsatish lozim:fan madaniyat tarmog‘idir; fan dunyoni bilish usulidir;fan maxsus institutdir (bu tushunchaga oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda ilmiy jamiyatlar, akademiyalar, laboratoriyalar va boshqalar kiradi).


    Fan quyidagi xususiyatlarga ega:
    - universalllik – tadqiq etilayotgan obyekt to‘g‘risida mavjud bilimlarni ular qanday olingan bo‘lsa, shunday holatga taqdim etadi;
    - fragmentarlik – obyektiv borliqning jamini emas, balki unga xos ayrim fragmentlarni yoki ularning parametrlarini o‘rganadi. Fan o‘z navbatida alohida predmetlarga bo‘linadi;
    - umumahamiyatlilik – olingan bilimlar barcha insonlar uchun foydalidir, chunki fan tili yagona bo‘lib, u odamlarni birlashtirishga harakat qiladi;
    - tizimlilik – fan bir-biri bilan bog‘lanmagan qismlardan tashkil topgan emas. U o‘ziga xos tartibga egadir;
    - sinalganlik – xulosalar ma’lum qoidalarga binoan tekshirilishni talab qiladi va undan o‘tkaziladi;
    - ratsionallik – bilimlar oqilona ish yuritish va mantiq qonunlariga tayangan holda olinadi, empirik daraja chegarasidan o‘tuvchi nazariyalar va ularni asoslarini shakllantiradi.
    Tabiiy-ilmiy bilishning shakllariga – nazariy tizimning muhim elementlari hisoblangan muammo, gipoteza, nazariya, prinsiplar, kategoriya hamda qonunlar kiritiladi.
    Muammo – tadqiqotchi tomonidan anglangan, mavjud bilimlar javob bera olmaydigan masalalardir. Ilmiy muammoni to‘g‘ri tanlash juda muhimdir.
    Ilmiy gipoteza – bu haqiqiyligi yoki noto‘g‘riligi hali isbotlanmagan bilimlardir. Gipoteza ilmiy tadqiqot jarayonini ma’lum yo‘nalishda yo‘naltiradi, yangi-yangi dalillarni va ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi.
    Nazariya – haqiqatligi isbotlangan bilimlardir. Nazariyaning gipotezadan asosiy farqi, uning tasdiqlanganligi, isbotlanganligidir. Nazariya muayyan shaklda rivojlangan obyektiv borliqning asosiy tomonlari munosabatlarini bilish jarayonida kelib chiqqan, boy, chuqur ma’nodagi bilimlar yig‘indisidir. Nazariyaning asosiy elementi – uning prinsiplari va qonunlaridir.
    Prinsiplar – nazariyaning eng umumiy va fundamental holatidir.
    Fanlar qonunlari – o‘rganilayotgan hodisa, obyekt va jarayonlarning umumiy aloqalarini nazariy tasdiqlar shaklida qayd etadi.
    Fanlar kategoriyalari – nazariyaning eng umumiy va muhim tushunchalari bo‘lib, u nazariya obyektining va predmetining xususiyatlarini harakterlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, nazariya miqdor va sifat jihatidan o‘zgarib tursa ham, u ilmiy bilimlarning eng muvozanatli shakllaridan biridir. Ma’lumki, yangi-yangi faktlarning to‘planishi nazariyani, uning prinsiplarini o‘zgarishga olib keladi, yangi prinsiplarga o‘tish esa o‘z mohiyati bo‘yicha yangi nazariyaga o‘tish demakdir.
    Umumiy nazariyalardagi o‘zgarishlar nazariy bilimlar tizimida sifatiy o‘zgarishlarga olib keladi, natijada ilmiy inqilob ro‘y beradi. Ilm-fandagi mashhur ilmiy inqiloblar N.Kopernik, I.Nyuton, A.Eynshteyn kabi buyuk olimlarning ismlari bilan bog‘liq.

    Download 293.86 Kb.
      1   2




    Download 293.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-semenar: Ilmiy matinda dallilar, obyektlar, jarayonlar va xulosalarning berilishi

    Download 293.86 Kb.