• Axborotlarni kodlash haqida
  • Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana28.09.2023
    Hajmi0.57 Mb.
    #85452
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    0Biologiya 2021, 4-Mavzu Qadimgi Rimda ilmiy bilimlarning taraqqiy etishi, 1 – MA’RUZA RAQAMLI BOSHQARUV TIZIMLARIGA KIRISH RAQAMLI BOSHQARUV, ETQ 2, Как пользоваться программой WIBR, Kompyuter tarmoqlari va ularning ahamiyati haqida-fayllar.org, L1 AENG 467 Intro to the Microcontroller 2022, 9QDwAMo3b77FmzmRHIdTR7wPJh4CpQXVTTqbwjBY, Rahmatillo, Mavzu Vektorlarni vektor va aralash ko’paytmasi Reja-fayllar.org, Mobil ilovalarni yaratish fanidan oraliq 1


     
    Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash. 
     
     
     
     
     



    Abstract
    Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa 
    ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va 
    raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik 
    qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin. 
    Axborotlarni kodlash haqida 
    Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi. 
    Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida 
    qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb 
    ataladi 
    Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va 
    tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan 
    ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum 
    bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy 
    tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki 
    musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash 
    uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini 
    diskret axborotlar deb ataladi. 
    Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan 
    ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret 
    axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning 
    raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar 
    analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar 
    deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, 
    raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli 
    videokamerani misol qilish mumkin. 



    Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida 
    boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash 
    insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni 
    maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi. 

    Download 0.57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash

    Download 0.57 Mb.
    Pdf ko'rish