• Topshiriqlar
  • Laboratoriya mashg’uloti №2 Mavzu: Matnli axborotlarni kodlash. Reja




    Download 468,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana13.01.2024
    Hajmi468,67 Kb.
    #136645
    Bog'liq
    Laboratoriya-2



    Laboratoriya mashg’uloti №2 
    2.Mavzu: Matnli axborotlarni kodlash. 
    Reja: 
    1. Matnli axborotlarni kodlash 
    2. Matnli axborotlarni ASCII kodlash jadvali yordamida kodlash. 
    Axborotlarni kodlash 
    Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa ko'rinishda 
    bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa 
    tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali 
    ifodalanishini misol qilish mumkin. 
    Qadimda axborotlarni kodlash 
    Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan-ko'p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo'llagan 
    inson qadimgi Gretsiya sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni maxfiy saqlash, ya'ni kodlash 
    uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Ssital" tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin 
    almashtirish usuli deb ataladi. 
    Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotni maxfiyligini saqlash uchun matnni 
    kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri"da matndagi harf alifboda o'zidan keyin kelgan 
    uchinchi harfga alimashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usul 
    alifboni surish usuli deyiladi. 
    Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin. 
     
    Axborotlarni kodlashning usullari 
    Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda 
    shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning 
    maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan, ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: 
    "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), 
    "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hozirgi kunda ham qo'llanib 
    kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchan) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum 
    belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash 
    usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) 
    bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi. 
    Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi 
    harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat: 


    Bu usuldan foydalansak, masalan, "Bugun havo lssiq" degan axborot quyidagi ko'rinishni 
    oladi: 
    02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16 
    Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan ifodalash 
    va ularni matnga kiritish mumkin. Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina 
    usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz: 
    Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi yuqoridagi matn bu holda 
    quyidagi ko'rinishni oladi: 
    03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21 
    Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash 
    juda murakkab. 
    Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash 
    usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga 
    ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi 
    raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har 
    bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard 
    Code for Information Interchange) jadvali hosil bo'ladi. 
    Topshiriqlar: 
    1. Quyidagi gaplarni Sezar usuli yordamida kodlang: 
    a) “Til borki – millat barhayot” 
    b) “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
    c) “O'zbekiston — suveren demokratik respublika.” . 
    2. Quyidagi gaplarni Morze kodi yordamida kodlang: 
    a) “Informatika”; 
    b) “Matematika”; 
    c) “Arifmetika”. 
    3. Quyidagi gaplarni Aralash alifbo usuli yordamida kodlang: 


    a) “Oila muqaddas”; 
    b) “Ustoz otangday ulug’ ”; 
    c) “Til bilgan – el biladi”. 

    Download 468,67 Kb.




    Download 468,67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg’uloti №2 Mavzu: Matnli axborotlarni kodlash. Reja

    Download 468,67 Kb.
    Pdf ko'rish