rasm.BFUnazorat nuqtalaridagi kuchlanishlarning vaqt diagrammalari




Download 99,07 Kb.
bet24/26
Sana21.02.2024
Hajmi99,07 Kb.
#160223
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

9.4 rasm.BFUnazorat nuqtalaridagi kuchlanishlarning vaqt diagrammalari
Arrasimon kuchlanish yoyish signali generatori A1 operatsion kuchaytirgichda tayyorlangan.Integrallovchi S6 kondensatorining razryadlanishi sinxronlashtiruvchi impulьsning ta’sir vaqti ichida V1 tranzistor orqali amalga oshadi.Tranzistor V1 bu momentgacha R3 rezistori orqali bazaga berilgan manfiy kuchlanish (ruscha смэщение) bilan yopiq holatda boʻladi.
CHiziqli ortayotgan R14 va R15 rezistorlardagi taqsimlagichdan olinayotgan yoyuvchi signalning boshqaruv kuchlanishi ustidan ortib ketishi momentlarida komparator (mikrosxema A2) kirish signalining ishorasi oʻzgaradi, u (komparator) oʻz holatini sakrab oʻzgartiradi ─ salbiy toʻyinishdan musbat toʻyinishga oʻtadi (9.5 rasmda UE8). Rezistor R16 va diod V9 orqali musbat teskari aloqa A2 kuchaytirgichni shu holatda navbatdagi sinxronizatsiya impulsining kelguniga kadar ushlab turadi.
Komparator holatining oʻzgarishi S8 kondensatorining qayta zaryadlanishiga va V17 tranzistorining ochilishiga (Mantiqiy «0»ning shakllanishiga olib keladi ─ 9.2.3 rasm, UE11) olib keladi. Bunda D1 mikrosxemaning 3 va 11 chiqishida mantiqiy «1» signali shakllanadi, uning davomliligi V11 va V12 diodlarning katodlarida nol potentsialining yoʻqligida R17-C8 zanjirning parametrlari va V17 tranzistorning bazasiga berilayotgan siljituvchi kuchlanish kattaligi bilan aniqlanadi. Impuls davomliligi kattaligi R28 rezistori bilan rostlanadi. S8, V17, R17, C8 elementlari boshqaruvchi impulьs davomliligini shakllantirishga tegishli.
Shakllangan impuls D1 mikrosxemaning 4 va 10 kirishlariga tushadi va sinxronizatsiya uzelining ruxsat beruvchi signali bilan mos kelganida V13 yoki V14 chiqish tranzistorlarining bittasi orqali blok chiqishiga oʻtadi (vыxod 3 yoki 2). V13 va V14 tranzistorlarining oziqlantirish kuchlanishi UP 20...50 kGts chastotali toʻg‘riburchakli impulslar boʻlgani uchun, unda boshqarish blokining chiqish impulьslari ham yuqori chastotali toʻldiruvchiga ega. 60 elektr gradus siljitilgan ikkinchi chiqish impulsi BFU boshqa faza tiristorlarining tegishli tranzistori (V13 yoki V14) bazasiga kelayotgan signallar shakllanadi.
Integral rostlagich (A1-S3) va V10-R6 elementlardagi teskari bog‘lanish zanjiri UUPRboshqaruv signaliga mos ravishda tiristorlarni boshqarish burchagini stabilizatsiyalash uchun moʻljallangan. Komparatorning chiqishidagi boshqarish burchagiga proportsional kuchlanish teskari bog‘lanish signali sifatida foydalaniladi. Shakllantirilgan boshqaruv impulьslari kuch blokiga tushadi, UKE-L-3101 qurilmasi uchun kuch blokining printsipial sxemasi 9 rasmda keltirilgan. Kuch bloki (BS)ning tarkibiy qismi boʻlib A1 bloki ─ quvvat kuchaytirgichlar va impulьsli transformatorlar bloki xizmat qiladi. BFUdan Upr.V1...Upr.V6 signallari orqali boshqariladigan quvvat kuchaytirgichlari (V2, V6, V8, V12, V14, V18 tranzistorlari) BS tiristorlarini talab etilgan amplitudali boshqaruv impulslari shakllantirish uchun moʻljallangan. T1...T6 impulsli transformatorlari kuch zanjirlari va boshqaruv zanjirlarini galvanik ajratishni ta’minlaylar.


Download 99,07 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 99,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm.BFUnazorat nuqtalaridagi kuchlanishlarning vaqt diagrammalari

Download 99,07 Kb.