|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 23/26 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 99,07 Kb. | | #160223 |
Bog'liq Va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org9.3 rasm. BFU-ning struktura sxemasi
BFU-ning elektr printsipial sxemasi boshqariluvchi ventilning elektr
sxemasida keltirilgan.
V2...V6, R2 elementlarda tayyorlangan sinxronizatsiya uzeli ruxsat beruvchi va sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun moʻljallangan. Sinxronizatsiya uzelining turlicha nuqtalaridagi vaqt diagrammalari 9.4 rasmda keltirilgan. Sinxronlashtiruvchi sinusoidal kuchlanish USINXR R1-R7-R8-C4 filьtr bilan 30 elektr gradusga siljitiladi (UC4) va V2...V4 tranzistorlari yordamida davomiyligi 180 elektr gradusdan kattaroq toʻg‘riburchakli qarshi fazali impulьslarga aylantiriladi. V3 va V4 tranzistorlarning kollektorlaridan D1 mikrosxemaning 5 va 9 kirishlariga mantiqiy bir (ruxsat beruvchi) impulsi uzatiladi, ularning funktsiyasiga qarshi fazali tirstorlar uchun boshqarish impulьslarini taqsimlashni amalga oshirish ham kiradi. S4 kondensatoridagi sinxronlashtiruvchi kuchlangishning nolь orqali oʻtish momentida V3...V4 tranzistorlari bir vaqtda yopiq holatda boʻladi, va «E6» nuqtada 4...5 elektr gradus(400 mks) davomlilikdagi sinxronlashtiruvchi impulьslarni shakllantirilishini kuzatish mumkin. Bu impulьslarninng davomliligi tranzistorlarning ochilish ostonasi (chegarasi) bilan aniqlanadi. Sinxronlashtiruvchi impulьslar bilan integratorning «nolь holatga oʻtishi» (V1 kalit yordamida S6 kondensatorining razryadlanishi), sinxroimpulьsning oʻtishi davrida komparatorni blokirovka qilish va boshlang‘ich holatga keltirish va V15 kalit orqali S8 kondensatorini razryadlash amalga oshiriladi.
CHiqish impulьslarini taqsimlagich D1 mikrosxemasining I-NE elementlarida bajarilgan (tayyorlangan). Mikrosxemaning 4-5 yoki 9-10 kirishlarida ikkita mantiqiy «1» (FD-dan boshqarish va ruxsat beruvchi impulsi) toʻg‘ri kelib qolganida 6 yoki 8 chiqishida mantiqiy «0»ga mos signal shakllanadi. Bu signal bilan V14 yoki V13 tranzistorlar (kuchaytirgich-shakllantiruvchi UF-1 va UF-2)ning bittasi ochiladi va boshqarish impulьslari blok chiqishiga tushadi.
Tranzistorlardan tashqari mantiqiy «0» signaliblokning 1 va 4 chiqishlariga ham tushadi va keyin BFU-ning boshqa fazalarning chiqish impulьslarini kuchaytirgich-shakllantiruvchilari ─ UF-larga tushadi, UF-da 60 elektr gradusga siljiganikkinchi impulьs shakllantiriladi.
|
| |