• (1,0─0,1)U
  • Kurs ishini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar




    Download 99,07 Kb.
    bet6/26
    Sana21.02.2024
    Hajmi99,07 Kb.
    #160223
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

    Kurs ishini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar :
    Liniya kuchlanishi 380 V (faza─220 V) boʻlgan oʻzgaruvchan tok tarmog‘idan kuchlanish olib ishlaydigan boshqariluvchi toʻg‘rilagich oʻzgarmas tok dvigateli uchun ishlaydi. Tarmoq kuchlanishining pasayish ehtimoli 10 % ni tashkil etadi. Toʻg‘rilagich yuklamadagi kuchlanishini (1,0─0,1)Uyu diapazonida rostlashni ta’minlaydi va yuklama toki 0,15Iyu gacha pasayganda ham uzluksiz toklar rejimida ishlayveradi.
    1. Toʻg‘rilash sxemasi ─ uch fazali, koʻprikli, simmetrik;
    2. Dvigatel tipi─3 fazali 4A225M2UZ;
    3. Elektrodvigatelning nominal quvvati ─Pn= 55kVt;
    4. Elektrodvigatelning nominal kuchlanishi ─Un= 380 V;
    5. Elektrodvigatelning nominal toki ─In= 133 A;
    6. Elektrodvigatelning nominal aylanish chastotasi ─Nn= 3000 ayl/min;

    1.1-rasm. Toʻg‘rilagichning hisoblangan sxemasi.





      1. Oʻzgartgichni sovutish shartlari

    Yarim oʻtkazgich qurilmasi tarkibining harorati uning strukturasida sochilib tarqaladigan quvvat, qurilma tuzilishidagi elementlarining issiqlikka qarshiliklari va uni sovutish shartlari bilan belgilanadi.


    Qoʻllanilishda iqtisodiy samaradorliligi yuqori boʻlganligi sababli havo bilan sovutish eng koʻp tarqalgan. Tabiiy sovutish oʻzgartgich qurilmasining ish jarayonida ishonchlilikni oshiradi va yuklama toklari Iyu=800…1000 A gacha boʻlgan qiymatlarida qoʻllash mumkin boʻladi.
    Katta miqdordagi yuklamalarda yarim oʻtkazgich qurilmalarining yuklanish darajasini orttirish uchun va ularning oʻzgartgich qurilmasini ish jarayonida parallel ulanib qolishining oldini olish uchun havo bilan sun’iy (majburiy) sovutishni qoʻllash lozim. Tabiiy sovutish jarayonida muhitning tezligi VS=0 m/s havo bilan, majburiy sovutishda esa VS=6 m/s havo bilan sovutish maqsadga muvofiqdir. Tezlik yanada yuqori boʻlgan holatida, yarim oʻtkazgich qurilmalarining yuklanish darajasi unchalik ortmaydi, sovutish qurilmasi dvigatelining quvvati esa sezilarli ortib ketadi.
    Sovutish muhitining harorati Tm iqlim zonasi va oʻzgartgichning ishlash shartlari bilan aniqlanadi. Loyihalash ishlarida uni Tm=25…40 °Cqiymatlarda olish mumkin.
    Yarim oʻtkazgich qurilmalarini tanlashda ularning ma’lumotnomalarda keltirilgan ruxsat etilgan maksimal toklari boʻyicha tanlash va ularni qoʻllashga imkoniyat boʻlishi uchun ish jarayonida barcha rejimlarini doimiy ishchi toklari keltirilishi zarur. Buning uchun qurilmaning issiqlik rejimiga oʻtib boʻladigan vaqti oralig‘i ─ oʻzgartgichning hisoblangan intervali th ichidagi yuklama grafigidan foydalaniladi. Tabiiy sovutishda th=2000 s deb qabul qilish mumkin, majburiy sovutishda muhit, tezligi VC=6 m/s boʻlgan havoda th=1000 s, tezligi VC=2 m/s boʻlgan havoda yoki majburiy suv bilan sovutishda th=600 s deb qabul qilish mumkin.
    Grafigi boʻlmasa, hisoblar uchun Id = Idyu nominal yuklama tokini qabul qilish mumkin. Id=Idyu=133A << Idyu=800…1000 A shartlaridan kelib chiqib, berilgan toʻg‘rilagich uchun havo bilan tabiiy sovutishni tanlaymiz.



    Download 99,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 99,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar

    Download 99,07 Kb.