|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 7/26 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 99,07 Kb. | | #160223 |
Bog'liq Va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org1.2. Yuklamaning hisoblangan toki
Yuklamaning hisoblangan toki sifatida nominal yuklama toki: Id = Idyu ni qabul qilish mumkin. Id = Idyu = 133A.
1.3. Yuklama zanjiri parametrlari
Oʻzgarmas tok dvigateli uchun uning yakor zanjiri aktiv qarshiligi ─ Ryaz. yakor chulg‘ami qarshiligi Rya, qoʻshimcha qutblar qarshiligi Rqq va kompensatsion qarshilikdan Rk dan tashkil topadi. Yakor zanjiri aktiv qarshiligiga yaqinlashgan formula bilan hisoblanadi:
Ryaz = Rya + Rqq + Rk= 0,6(UnIn ─ Pn) / In2, bunda (1.1)
Un, In, Pn─ tegishlicha oʻzgarmas tok dvigatelining nominal kuchlanishi, nominal toki, nominal quvvati.
Ryaz= 0.6* (380* 133─55000) / 17689 = 1.5(Om).
Dvigatel yakorining oʻz induktivligi Liumvil-Umanskiy formulasi
boʻyicha aniqlanadi: : LB = KL , bu yerda (1.2)
KL ─ konstruktiv koeffitsient (kompensatsiyalanmagan normal mashinalar uchun KL = 8 ─ 10, KL = 6 deb olamiz),
1.4. Oʻzgartgich sxemasi va ishchi jarayonlarning vaqt diagrammalari.
Oʻzgartgich sxemasi va ishchi jarayonlarning vaqt diagrammalari 1,4 ilovada keltirilgan.
2. Moslashtiruvchi transformator yoki tokni cheklovchi reaktorni tanlash
2.1 Toʻg‘rilagichning tarmoq bilan bog‘lanish koʻrinishini tanlash.
Toʻg‘rilagich blokini oʻzgaruvchan tok tarmog‘i bilan moslashtiruvchi zveno sifatida yo moslashtiruvchi transformator yoki tokni cheklovchi reaktordan foydalanish mumkin. Moslashtiruvchi transformator quyidagi maqsadlarda qoʻllanilishi mumkin:
1) qabul qilingan toʻg‘rilagich sxemasiga muvofiq tarmoqning oʻzgaruvchan kuchlanishi kattaligini oʻzgartirish;
2) tarmoq fazalari sonini oʻzgartirish, yoki oʻrta nuqtani belgilash:
3) oʻzining qarshiligi bilan ichki va tashqi shikastlanish hollarida toʻg‘rilagichning qisqa tutashuv toklarini pasaytirish va kommutatsiya jarayonlarida ventillar toʻg‘ri yoʻnalishdagi toklarining oʻsish tezliklarini pasaytirish.
Tokni cheklovchi reaktor (TCHR) faqat uchinchi vazifani bajarishi mumkin.
Uch fazali koʻprik sxemali simmetrik oʻzgartgich uchun ham moslashtiruvchi transformator, ham tokni cheklovchi reaktor qoʻllanish imkoniyati bor, demak, qoʻshimcha tahlil oʻtkazish lozim.
Oʻzgartgich normal ish rejimlarida rostlash burchaklarining ruxsat berilgan minimal burchaklarini hisobga olgan holda, tarmoqning va qurilma elementlaridagi (ventil sxemasi, silliqlovchi reaktor, birlashtiruvchi sim oʻtkazgichlar) kuchlanish tushuvlari pasayishlari ehtimolini hisobga olgan holda yuklamada nominal kuchlanishni ta’minlashi shart.
U2H= ,bunda (2.1)
Un=380 V, yuklamaning nominal kuchlanishi; IdRc─ toʻg‘rilangan tok aktiv qarshiliklari (ventillarda, silliqlovchi reaktorda, birlashtiruvchi simlarda) gi kuchlanish tushuvi, oldindan IdRc=0,05Udyu qabul qilish mumkin;
|
| |