|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 101/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)chi qatlam: Uzatish muhiti. Bu qatlam ISO/OSI tarmoq modelining eng ichki - nolinchi qatlami fizikaviy boglanish vositalari (kabellar va boshqa ulash vositalari)ni aks ettiradi. Intranetning barcha tugunlari bir-biriga uzatish muhiti orqali boglanadi.
chi qatlam: Fizikaviy qatlam. Vazifasi - aloqa kanalari bilan
fizikaviy interfeys ta’minlab berishdir. Bu qatlam tarmoq aloqa kanallarining elektr va mexaniqaviy jixatlarini belgilaydi.
chi qatlam: Kanal qatlami. Vazifasi-ma’lumot uzatish kanallarini boshqarish, kanallar bo’ylab ma’lumot uzatish va kanallardagi uzatish xatolarini payqash. Asosiysi maqsadi- ma’lumotning uni uzatish jarayonida buzilishining oldini olish. Kanal qatlamida ma’lumot kadrlar oqimi sifatida shakllanadi. Kanal axborot uzatayotgan kompyuterdagi tarmoq plata(karta)sidan boshlanib shu axborotni qabul qilayotgan kompyuterdagi tarmoq kartasi bilan tugallangan aloqa yo’lini o’z ichiga oladi. Xar bir tarmoq kartasi (Ethernet yo IBM Token Ring kartasi) noyoob tarmoq manziliga ega. Bu kartalar kanal qatlamiga nisbatan ichki bo’lgan fizikaviy qatlamni kanal qatlamiga nisbatan yuqori(tashki) bo’lgan tarmoq qatlamining dasturiy ta’minoti bilan bog’laydi. Masalan, tarmoq Ethernet asosida qurilgan bo’lsa, kompyuterni tarmoqqa ulangan Ethernet kartasi va kanal qatlamiga oid protokollar majmuyi bilan ta’minlash natijasida kanal qatlami xosil bo’ladi. Kanal qatlami tufayli tarmoq qatlami qanaqa tarmoq texnologiyasi – Ethernet mi yo IBM Token Ring qo'llanganligini va kanal qatlamiga o’tgan axborot oqimi kadrlar (Ethernet yo IBM Token Ring kadrlari) ketma-ketligiga qanday qilib aylantirilayotganini hisobga olishi shart emas.
chi qatlam: Tarmoq qatlami. Vazifasi-axborotni marshrutlash, ma’lumotlarni bolaklash va bo’laklarni birlashtirish. Bu qatlamda axborot oqimi paketlar oqimi shaklida bo’ladi. Tarmoq qatlamining asosiy protokoli IP protokolidir. Ma’lumotlar paketi uzatilayotgan ma’lumot va boshqaruv signallarida aks etgan ma’lumotlar bilan birga uzatuvchi va uni qabul qilib oluvchi tarmoq tugunlarining manzillarini xam o’z ichiga olgan. Tarmoq qatlami va unga nisbatan ichki barcha qatlamlar Intranetning aloqa qismini tashkil etadi.
chi qatlam: Transport qatlami. Vazifasi tarmoq tugunlari - kompyuterlari orasida ma’lumotlarni ishonchli yetkazib berib, axborot almashishdir. Bu qatlamning asosiy protokoli TCP protokolidir. Shu protokol asosida tashki-seans qatlamidan olingan ma’lumotlar tarmoq qatlamiga mos keluvchi bo’laklar-paketlarga ajratiladi va tarmoq qatlamiga uzatiladi. Tarmoq qatlamidan qaytgan axborot oqimi ustida bunga teskari amallar bajariladi. Shunday qilib, transport qatlami tarmoq qatlami boshqaradigan paketlar trafigini hosil qilib beradi.
|
| |