IV BOB. INTRENET- GLOBAL KOMPYUTER TARMOGʻI




Download 7,52 Mb.
bet103/216
Sana19.07.2024
Hajmi7,52 Mb.
#267965
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   216
Bog'liq
5ffd2d83d9d2c (1)

IV BOB. INTRENET- GLOBAL KOMPYUTER TARMOGʻI

§ 4.1. Internet paydo bo’lishining tarixi


4.1.1 mavzu. Internet tarixi
Axborot–kommunikasiya texnologiyasi muhitida innovasiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o’sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog’i uchun harakterlidir. Hozir Internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo’lgan global kompyuter tarmog’i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun prinsipial yangi muloqot qilish muhitiga aylanib bormoqda. Internet gorizontal usul deb atalishi mumkin bo’lgan yangi insoniy muloqot usulini kashf etmoqda. U paydo bo’lgunga qadar muloqot va axborot tarqalishi asosan vertikal tarzda bo’lgan. Masalan, avtor kitob yozadi, o’quvchilar uni o’qiydi, radio va televideniya eshittirish va ko’rsatuv uzatadi–tamoshabin va tinglovchilar uni ko’radi va tinglaydi, gazeta yangiliklar nashr qiladi–obunachilar uni o’qiydi va h.k. Unga talab juda yuqori bo’lsada, teskari aloqa umuman yo’q edi. Gazetalarga yuboriladigan xatlar, radio va teleko’rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvohlik berib turibdi. Konkret bir kitob o’quvchilari o’rtasida, konkret uzatuv tinglovchilari o’rtasida axborot almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Internet esa, son– sanoqsiz iste’molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ular osongina muhokamaga kirishishlari mumkin bo’ladi.
Hozirgi vaqtda internet global tarmog’i gorizontal informasion muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Internetni bizning turmushimizga keng miqyosda tatbiq etishda xech qanaqa tashkilot bo’lmaydi. Tarmoq xuddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boraveradi, butun insoniyat uning dvigateli hisoblanadi. Hozir internetning asosiy g’oyasi–bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o’rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o’rtasidagi diniy, ideologik va har xil to’siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo’ldir. Internet texnologik jarayondagi eng ahamiyatli demokratik ish vositalardan biri hisoblanadi. paydo bo’lishi bilan axborot aksariyat dunyo odamlarining potensial imkoniyatiga aylanib bormoqda.Telegraf, telefon, radio, televideniya va kompyuter texnikalar chambarchas bog’langan holda barcha global kommunikasiyalar yagona butunlikda integrallashadi. Bu yerda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko’plab shunga o’xshash chegaralar
mavjudligidan qat’iy nazar ularning o’zaro muloqotda bo’lishlari to’g’risida ketmoqda. Internet behisob miqdordagi axborotlarga ega bo’lgan holda, iste’molchilarga katta informasion xizmat spektrini taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo’lish mumkin: tarmoq abonetlari aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq ma’lumotlar bazasidan foydalanish.
Internet tarmog‘i XX asrning 60-70 yillarida atom yordamida urush xolatida xam ishlaydigan kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil qilishga qaratilgan mudofaa loyihasidan kelib chiqqan. Ishlab chiqaruvchilar fikricha, tarmoqning eng muhim sifati – bu xujum ob’ekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona boshqaruv markaziga ega emasligidir. Anarxik tuzilmaga ega bo‘lgan tarmoq yaratilgan, unda bir xisoblash mashinasi ixtiyoriy boshqa xisoblash mashinasidan ustun emas, va xech qaysi kompyuter tarmoqni ishlashi uchun o‘ta muxim axamiyat kasb etmaydi. Keyinchalik Internetni tadqiqot, kommersiya va vaqtichog‘lik uchun qo‘llanilishi bu loyihaning kutilmagan natijasi bo‘ldi.
1961 yili Defence Advanced Research Agensy (DARPA) AQSh ning mudafaa vazirligi topshirig‘iga asosan paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan tajribaviy tarmoq yaratish loyihasiga qo‘l urdi. Bu tarmoq ARPANET deb atalib, turli kompyuterlar orasida barqaror aloqani ta’minlash usullarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan edi. 1972 yilda ARPANET tarmog‘ini birinchi namoyishi bo‘lib o‘tdi, unda R. Tompson elektron pochtani kashf etdi. Shu vaqtda tarmoqda ma’lumot uzatish protokoli - TCP/IP yaratilgan edi. TCP/IP – bu turli kompyuterlar o‘zaro aloqani qanday bog‘lashini aniqlab beradigan ko‘p sonli kommunikatsiya protokollari yig‘indisidir.
1973 yilda R. Kan va V. Serf Internet tarmog‘i tuzilma g‘oyasini ilgari surishadi, va birinchi marta tarmoqqa AQSh tashqarisidan bog‘lanish amalga oshiriladi. ARPANET tajribasi shu qadar muvafaqqiyatli ediki, juda ko‘p tashkilotlar kundalik axborot almashinuvi maqsadida bu tarmoqqa ulanishni xoxlashdi.
1975 yili ARPANET tajribaviy tarmoqdan ishchi tarmoqqa aylandi. Tarmoqni boshqarish ma’suliyatini Defence Communication Agency (DCA) xozirda Defence Information Systems Agency (DISA) deb nomlanuvchi tashkilot oldi. Lekin ARPANET rivojlanishi shu bilan to‘xtab qolmadi: TCP/IP protokollari rivojlanishda davom etdi. 1977 yilda birinchi 100 ta tadqiqotchilarga elektron pochta xizmati taqdim etildi.[19]
1983 yilda Military Standarts (MIL STD), ya’ni xarbiy standartlar
tarkibiga kirgan TCP/IP protokollari uchun birinchi standart ishlab chiqildi, va shundan keyin xamma tarmoq foydalanuvchilari ushbu yangi protokollarga o‘tishga majbur bo‘lishdi. Ushbu yil Internet tarmog‘ining tug‘ilgan yili deb hisoblanadi. DARPA ushbu protokollarga o‘tishni yengillashtirish maqsadida Berkley Software Design firmasi raxbariyatiga TCP/IP protokollarini Berkeley (BSD) UNIX da tadbiq etish taklifi bilan murojaat qildi. Shunday UNIX va TCP/IP ittifoqi boshlandi. Bir qancha vaqtdan so‘ng TCP/IP xammaga tushunarli oddiy standartga moslashtirildi, va Internet atamasi keng qo‘llana boshlandi.
1983 yili ARPANET dan AQSh mudofaa vazirligining Defence Data Network (DDN) ga taalluqli bo‘lgan MILNET ajralib chiqdi. Internet atamasi MILNET va ARPANET ning birlashtirgan yagona tarmoq uchun qo‘llanila boshlandi.
1984 yilda Internetga 1000 hisoblash mashinasi ulandi, 1989 yilda
– 100 ming ta, 1992 yilda esa 1 000 000 hisoblash mashinasi ulandi.
1992 yilda Tim Bernes-Li WWW - “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ni kashf qildi. Internet ISOS jamiyati shakllana boshlandi. Internet tarixida World Wide Web yaratilishi muxim axamiyat kasb etdi. Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti (SERN Jeneva) fizigi tomonidan xamma fiziklar va boshqa olimlar tomonidan Internet tarmog‘ida taqsimlangan axborotdan oson usulda foydalanish g‘oyasi ilgari surildi. O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Internet vositalari foydalanuvchilardan tarmoq xaqida katta bilimga ega bo‘lishni talab etardi, shuning uchun axborotni uzatish va taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqildi. sERN tomonidan WWW xususiyatlari nashr etilgandan so‘ng foydalanuvchilar WWW mijozlari va serverlari uchun dasturiy ta’minot yozishni boshlashdi, bu esa o‘z navbatida “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ni xozirgi ko‘rinishiga olib keldi.
Internet tarmog‘i tarixida uchinchi muhim voqea bu NCSA Milliy kompyuter ilovalari markazi dasturchilar guruhi tomonidan birinchi MOSAIC brauzer-dasturini ishlab chiqilishi bo‘ldi, bu esa Internet tarmog‘idan barcha istaganlar foydalanish imkonini berdi. MOSAIC brauzeri foydalanuvchilarga “sichqoncha” tugmasidan osongina foydalangan xolda axborotlarni qabul qilish va taqdim etish imkonini berdi. Dasturlarni o‘zaro almashtirish va fayllarga o‘zgartirish xaqida o‘ylash zaruriyati qolmadi. Brauzer-dasturi xujjatlar, grafiklar, rasmlar va ovozlarni avtomatik tarzda qayta ishlab, WWW da oson ishlashni ta’minladi. Asosan qiyin topiladigan resursli matn ko‘rinishidagi
tarmoqdan rang-barang va turli axborotni oson olish manbasiga aylandi, oddiy matndan videotasvirgacha o‘zgardi.
1991 yili ARPANET o‘z faoliyatini tugatdi, Internet tarmog‘i esa mavjud, uning xajmi ilk xajmidan bir necha barobar katta, chunki u butun dunyo bo‘ylab turli tarmoqlarni birlashtirdi. ARPANET tarmog‘i boshlang‘ich davrida atigi 4 ta katta EXM dan tashkil topgan edi. 1995 yili esa 4,5 million faol kompyuterlarni birlashtirdi. Foydalanuvchilarning asosiy o‘sish surati kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanayotgan va kompyuterlar imkoniyatlari kengayotgan paytga XX asrning 90-yillariga to‘g‘ri keladi. ARPANET/Internet tarmog‘ining 25 yilligida tarmoq marketing, savdo- sotiq, bank operatsiyalari, radioeshittirish va “jonli” konsertlar uchun qo‘llanila boshlandi.
1995 yili Compuserve, Progidy, America Online portallari Internet tarmog‘iga keng masshtabdagi ulanish imkoniyatini (kirish xuquqini) taqdim etishni boshlashdi. Shu vaqtda Netscape Navigator brazuer- dasturi yaratilda va keng miqyosda qo‘llanila boshlandi.
1990 yillar o‘rtalarigacha Internet tarmog‘idan nisbatan tor doiradagi akademik uyushmalar foydalana olar edi. Xozirgi vaqtda esa Internetga ulangan o‘nlab million kompyuterlarda ulkan xajmdagi axborot saqlanadi (100 millionlab fayllar, xujjatlar va boshq.) va yuz millionlab odamlar global tarmoqning axborot xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Internetning asosini, “karkasi”ni tarmoqqa doimiy ulangan yuz milliondan ortiq serverlar tashkil etadi. Internet serverlariga lokal tarmoqlar yoki telefon liniyalari orqali yuz millionlab foydalanuvchilar ulana olishadi. Xar bir lokal yoki korporativ tarmoqda odatda yuqori o‘tkazish qobilitiga ega liniyalar orqali Internet tarmog‘iga doimiy ulangan (Internet serveri) kamida bitta kompyuter mavjud bo‘ladi.

      1. Download 7,52 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   216




Download 7,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV BOB. INTRENET- GLOBAL KOMPYUTER TARMOGʻI

Download 7,52 Mb.