|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 105/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Internet va MDH davlatlari
1990 yili fizik-olimlar va dasturchilarni birlashtirgan I.V.Kurchatov nomidagi atom energiyasi institutining xamda Avtoprom vazirligining professional ilmiy tarmog‘i Internet tarmog‘iga ulandi va zamonaviy Rossiya tarmoqlariga rivojiga zamin yaratdi. 1990 yilda InterNIC Xalqaro axborot markazi ma’lumotlar bazasida birinchi
darajadagi .su domeni ro‘yxatga olindi. Buning natijasida sobiq Sovet Ittifoqi butun dunyo internet foydalanuvchilariga ko‘rina boshladi. Rossiya Federatsiyasi Internet tarmog‘iga 1993 yilda ulandi.
1994 yilda InterNIC da .ru rus domeni ro‘yxatga olindi. Shu vaqtdan boshlab Internet tarmog‘ining Rossiya Federatsiyada mavjudligi xalqaro darajada tasdiqlandi.
1995 yilda .uz domeni ro‘yxatga olindi, lekin kompyuter tarmoqlari (birinchi navbatda Fidonet) O‘zbekistonda undan oldin yaratilgan. Uznetda rus tili keng tarqalgani Uznetni Runetga “qisman ulash” imkonini beradi. O‘zbek tilidagi saytlar orasida – O‘zbek Vikipediyasi. Ko‘pincha Uznet atamasida Tas-IX trafik almashinuv tarmog‘i tushuniladi, chunki ko‘pgina provayderlarda o‘z abonentlari uchun Tas-IX ichidagi resurslarga kirish bepuldir.
Hisob - kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 2007 yilda 1 million atrofida bo‘lgan, 2009 yilda 2,1 million, 2011 yilda 7,5 million. 2015 yilda esa axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Internet foydalanuvchilari soni 12 milliondan ortdi.
Nazorat uchun savollar:
Internet tarixi haqida tushuncha bering?
Global kompyuter tarmoqlarini qurilish hususiyatlari.
Tipik global kompyuter tarmog‘i strukturasi va uning tarkibi.
Global kompyuter tarmoqlarining qanday xillarini bilasiz?
Kompyuter tarmoqlarining tarixi haqida ma’lumot bering?
USENET qanday tarmoq va unga qachon asos solingan?
|
| |