Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




Download 7,52 Mb.
bet108/216
Sana19.07.2024
Hajmi7,52 Mb.
#267965
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   216
Bog'liq
5ffd2d83d9d2c (1)

4.2.2-rasm. Nomlarning domen tizimi

Sizning serveringiz ko`rsatilgan server bilan bogʻlanib, qidirayotgan resurs manzilini oladi va uni sizning kompʻyuteringizga uzatadi. Siz internetga ulanganingizda, kompʻyuteringizga IP manzil deb ataluvchi


son beriladi. IP manzil ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik manzil doimiy bo`lib, har gall internetga ulanilganda kompʻyuteringizga shu manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan bo`lib, har gal internetga ulanganda, u o`zgarib turadi.
Dinamik IP manzil olish uchun sizning kompʻyuteringiz tarmoqqa yoki ISP ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi. DHCP – Dynamic Host Configuration Protocol, ya`ni Serverning dinamik konfiguratsiyasi protokoli degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga sizning kompʻyuteringiz haqida identifikatsion ma`lumotlar shu jumladan kompʻyuter nomi joylashgan bo`ladi. Bu xabar tarmoq orqali DHCP serveriga yetib boradi. DHCP serveri bo`sh IP manzillar ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa kompʻyuterlarga bermaslik uchun vaqtinchalik band qilib qo`yadi.
DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni jo`natadi. Unda sizning kompʻyuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil hamda DHCP serverining ham manzili bo`ladi. Sizning kompʻyuteringiz DHCP taklifini olgach, band qilingan IP manzilni qabul qilish haqida serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu paytda sizning kompʻyuteringiz hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga o`zining roziligini bildiradi.
Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z takliflari bilan chiqadilar. Sizning kompʻyuteringiz bu takliflarning faqat bittasini qabul qilib, qolganlarini rad qiladi. DHCP qidiruvi DHCP serveriga yetgach, server kompʻyuteringizga DHCP paketini yuboradi va ushbu IP manzilining sizning kompʻyuteringizga ijaraga beradi. SHundan keyin kompʻyuteringizning IP manzilga ega bo`ladi va internetga ulanishi mumkin.
Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP manzilni bo`sh manzillar ro`yxatidan chiqarib tashlaydi va kompʻyuteringizning IP manzilini ro`yxatga oladi. Kompʻyuteringiz Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil bekor qilinadi va bu manzil yana bo`sh manzillar ro`yxatiga kiritib qo`yiladi.
Host tizimlar orasida bogʻlanish maxsus kommutatsiyalovchi qurilmalar – marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar toʻplami yordamida amalga oshiriladi. Marshrutizator oʻzining kirish aloqa kanalidan birida uzatilayotgan maʻlumotlar porsiyasini qabul qiladi va uni oʻzining chiqish aloqa kanallaridan biriga yoʻnaltiradi. Paketlar – uzatilayotgan maʻlumotlar porsiyasi. Paket oʻtadigan aloqa kanallari va marshrutizatorlar ketma-ketligi – marshrut yoki paketning tarmoqdagi
yoʻlidir. Paketning yoʻli avvaldan maʻlum emas va u bevosita uzatish jarayonida aniqlanadi.
Oxirgi qurilmalarni Internetga kirishi Internet xizmatlarini yetkazib beruvchilar yoki Internet-provayderlar orqali amalga oshiriladi. Internet- provayderlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-marshrutizatorlar va aloqa liniyalari tarmogʻini taqdim etadi va oxirgi qurilmalarni tarmoqqa turli usulda ulanish imkoniyatlarini taklif etadi, masalan -Dial-up, raqamli AL yordamida keng polosali ulanish, lokal tarmoq orqali yuqori tezlikli kirish, simsiz kirish;
-Web-saytlar tarmogʻiga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) ulanish.
Mahalliy Internet-provayderlar milliy va xalqaro zvenolar provayderlariga ulanishadi. (4.2.3-rasm.)
Magistral operatorlari ulkan territoriyalarda (mamlakat, kontinent) magistralaloqa kanallariga ega boʻlishadi. Regional operatorlar bitta regionda (viloyat, oʻlka, shtat) xizmatlarni taqdim etadi. Lokal operatorlar shahar chegarasida xizmatlarni taqdim etadi.
Har bir Internet-provayder maʻmuriy birlik boʻlib, IP protokoli boʻyicha maʻlumotlarngi uzatadi va Internetda qabul qilingan ismlar va manzillar boʻyicha kelishuvlarga rioya qiladi. Hostlar, marshrutizatorlar va Internetning boshqa komponentlari tarmoq ichida axborotni qabul qilish va uzatishni boshqarish uchun protokollardan foydalanishadi.



Download 7,52 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   216




Download 7,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

Download 7,52 Mb.