|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 110/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)
Internet – tarmoqlar ichidagi eng o‘zgachasidir. Amaliyotda istalgan ob’ekt resurslarni yoki ularga kira olishni taklif qilishi uchun Internetga ulanishi mumkin. Internetda axborotning istalgan turi xech qanday cheklanishsiz bemalol aylanib yurishi mumkin. Internet tarmog‘i ishlashini tartibga soluvchi markaziy organ mavjud emas, lekin ma’lum bir fundamental prinsiplarni o‘rnatuvchi va tarmoq ishlashini boshqaruvchi tashkilotlar mavjud. O‘z falsafasi bo‘yicha Internet tarmog‘i avtonomdir va xatto anarxiyalikdir; oqibat natijada bu uning
qudrati va zaifligidir.
Bir qator tashkilotlar mavjudki, ular Internetni ma’muriylashtirish va qo‘llab-quvvatlashda bo‘yicha turli tadbirlarda qatnashadilar. Mazkur kitob kontekstida bunday tashkilotlar qatorida quyidagilarni aytib o‘tish lozim: CERT, IAV, IETF, IESG, IRTF, ICANN va The Internet Society (ISOC sifatida ma’lum bo‘lgan, Internet jamiyati).
Kompyuter himoyasi buzilishiga e’tibor beradigan guruh (CERT) - Karnegi-Mellona Universitetining ekspertlar guruhi, ular Internet tarmog‘ida kompyuter himoyasi buzilishi bilan bog‘liq masalalarga javob berishadi. CERT 1998 yilning noyabrida ARPA tomonida o‘z- o‘zidan ko‘payuvchi virusli dasturlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bir qator insidentlarga reaksiya sifatida tashkil etildi.
Internet arxitekturasi bo‘yicha Kengash(IAB), dastlab – Internet tarmog‘ining koordinatsion Kengashi – tarkibi 12 ekspertdan iborat ko‘ngilli organ, ular Internet ehtiyojlariga yordam berish uchun o‘zlarining kompaniyalari-sponsorlari resurslaridan foydalanishadi. IAB ikkita muammoli (ishchi) guruhlar: IETF va IRTF faoliyatini nazoratlaydi va koordinatsiyalaydi. Natijada bu tashkilotlar texnik siyosat va ishchi yo‘nalishni ishlab chiqaradi.
Internetning injenerlik muammolari guruhi (IETF) ustivorliklarni aniqlaydi, o‘rnatadi va qisqa muddatli masalalar va muammolar, jumladan protokollar, arxitektura va ekspluatatsiya bo‘yicha yechimlar ishlab chiqadi. Taklif etilgan standartlar Internetda So‘rovlar, kommentariyalar va takliflar (RFC) ko‘rinishida e’lon qilinadi. Standartning oxirgi versiyasi ishlab chiqilgandan so‘ng u tasdiqlash uchun Internet injenerlarini boshqarish guruhiga(IESG) kelib tushadi.
Internetning ilmiy-tadqiqot muammoviy guruhi(IRTF) uzoq muddatli masalalar, jumladan adreslash tuzilmalari va texnologiyalar bilan shug‘ullanadi.
Ismlar va nomerlarni berish bo‘yichaInternet korporatsiya (ICANN)- 1999 yilda tashkil etilgan notijorat tashkilot. ICANN portlarning umumiy ma’lum bo‘lgan nomerlarini taqsimlash, IP- adreslarni boshqarish va domen ismlarini berish bo‘yicha IANA federal organining vakolatlarini o‘ziga olish uchun tashkil etildi. Portlar nomerlari 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattaliklarni tashkil etadi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlar 0 dan 1 023 gacha diapazon ichidagi raqamlar bilan nomerlanadi va tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlarda foydalaniladi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlar misollar ko‘rsatish mumkin: SMTP (Pochtani uzatish oddiy protokol), protokoli
uchun 25 port, HTTP (Gipertekstli transport protokoli) protokol uchun 80 port Telnet Distansion xizmati uchun 107 port. TCP/IP protokoli bazazidagi Internet mijoz/server muxitida, server amaliy daraja protokolini hisobga olib, portlarni belgilaydi, u mijoz darajasida bajariladi.Shuningdek ICANN kompyuterlarni Internetga joylashtirishni xoxlagan tashkilotlarga IP-adresni belgilaydi;IP-adreslar soni tashkilot xajmiga bog‘liq.
Internet jamiyati (ISOC) – ko‘ngilli tashkilotdir, u Internetni ma’muriyatlashtirish uchun qandaydir formal strukturani bildiradi. Internet jamiyati standartlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatini rasmiy xolda IESG ga bergan.
|
| |