• TCP/IP protokoli
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet118/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    Tarmoq protokollari – manzillash, yoʻnaltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish soʻrovlarini boshqaradi. Ularni koʻp ishlatiladiganlari quyidagilar:

    • IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/ IP – protokoli;

    • IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yoʻnaltirish uchun moʻljallangan Net Ware firma protokoli;

    • NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;

    • Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi.

    Shuni aytib oʻtish kerakki, protokollarni loyihalashtiruvchilar yuqorida koʻrsatilgan bosqichlarga har doim ham rioya qilmaydilar. Masalan, baʻzi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning baʻzi vazifalarini bajaradi. Bu hol turli firma protokollarini koʻpincha oʻzaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar oʻzi tuzgan protokol toʻplamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu holda tugallangan guruh vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq operatsion tizimini «firma» qilish mumkin, yaʻni ochiq standart OSI modeli bilan oʻzaro mos tushmaslikka olib keladi.

    TCP/IP protokoli


    TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng koʻp tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday oʻlchamdagi mahalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmogʻida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.
    TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi koʻp protokollar kiradi, lekin oʻz nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.
    TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
    IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat boʻlgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
    TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion tizimli kompʻyuterlarda ishlatish mumkin boʻladi.
    Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni boʻlgani uchun ham aloqa kanalining sifati eʻtiborga olinmasa ham, axborot albatta oʻz manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar oʻrtasida ham axborot uzatish mumkin boʻladi. TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda maʻmurlashtirish murakkablashadi.

    Download 7,52 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.