• POP3 va SMTP protokoli
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet121/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    4.3.1-rasm. SNMP protokoli administrativ aloqasi


    FTP protokoli


    FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar toʻplamidan iborat boʻlib, axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – portlar ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi – buyruqlarni uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik boʻlishi mumkin.
    FTP – protokolining asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash mexanizmi yoʻqligidir. Bu esa bosh trafikka ega boʻlib, uning yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi.

    POP3 va SMTP protokoli


    Maʻlumotlar bilan almashishning elektron pochta usulidan foydalanish anchadan beri oddiy pochta xizmatiga alternativ boʻlib xizmat qiladi. Elektron pochta ancha samarali va tezdir. Bu xizmatni amalga oshirish POP3 (Post Office Protocol Version3) va SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) sharofati evaziga amalga oshiriladi.
    POP3 protokoli amaliy bosqichda ishlaydi va pochta serveridagi pochta qutisidan elektron maʻlumotlarni olish uchun ishlatiladi. POP3 protokoli faqat elektron xabarlarni qabul qilishi mumkin, ularni joʻnatish uchun esa boshqa protokoldan foydalanishga toʻgʻri keladi, koʻpincha bu vazifa uchun SMTP qoʻllaniladi. Aniqrogʻi u protokolning takomillashtirilgan versiyasi – ESMTP (Extended SMTP)/POP3 kabi SMTP protokoli ham amaliy bosqichda ishlaydi, shuning uchun transport protokol xizmati zarurdir, bu vazifani esa TCP protokoli bajaradi. Elektron maʻlumotlarni joʻnatishda ham portlardan birini ishlatishga toʻgʻri keladi, masalan, 25-port.

    Download 7,52 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.