|
Yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish
|
bet | 129/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish. Kompyuterlarda yoʻnalish jadvallari odatda statik hisoblanadi, chunki tarmoq adminstratori tomonidan konfiguratsiyalanadi, marshrutizatorlarda esa dinamik hisoblanadi, chunki yoʻnalish axborotlari bilan almashish protokollari yordamida avtomatik tarzda shakillanadi. Shuning uchun vaqt oʻtishi bilan, tarmoq topologiyasi oʻzgarganda kompyuterlarning yoʻnalish jadvallari eskirishi mumkin. Bundan tashqari bu jadvallar odatda kam axborotga ega, masalan, faqat bir nechta marshrutizatorlarning manzili.
Kompyuterlar xatti-xarakatini tuzatish uchun marshrutizator “yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish” (Redirect) deb nomlanuvchi ICMP protokolining xabarini ishlatishi mumkin.
Ushbu xabar, marshrutizator kompyuterning tayinlangan tarmoqqa paketni notoʻgʻri yuborilayotganini koʻrib qolgan xoldagina yuboriladi, belgilangan tarmoqqa eng qisqa yoʻnalish boshlanadigan lokal tarmoq marshrutizatoriga ega emas.
ICMP protokolini boshqa tomonga yoʻnaltirish mexanizmi, kompyuterlarga uning lokal marshrutizatorlarining faqat IP-manzillarini konfiguratsiya fayllarida asrashga imkon beradi. Boshqa tomonga yoʻnaltirish xabarlari yordamida marshrutizatorlar kompyuterga, qaysi marshrutizatorga u yoki bu tayinlangan tarmoq uchun paketlarni joʻnatish zarurligi toʻgʻrisida unga kerakli axborotni xabar qilib turadi, yaʻni marshrutizatorlar kompyuterga, yoʻnalish jadvallarining ularga kerakli qismini uzatishadi.
Marshrutizator “yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish” xabariga keyinchalik foydalaniladigan IP manzil va oʻz maʻlumotlar maydonining birinchi 64 bitli dastlabki paket sarlavxasi joylashtiriladi.
Paket sarlavxasidan tugun qaysi tarmoq uchun koʻrsatilgan marshrutizatordan foydalanish kerakligini bilib oladi.
protokollari
TCP/IP stekining yoʻnalish axborotlari bilan almashishning xamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular oʻz navbatida ikki
guruhga boʻlingan, ularning xar biri quyidagi algoritmlar turi bilan bogʻlangan:
|
| |