|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 137/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)
RFC 2893 quyidagi tunnellar turlarini aniqlaydi:
Konfiguratsiyalangan (MCT – Manually Configured Tunnels)
Konfiguratsiyalangan tunnel tunnelning oxirgi nuqtalarini qo‘lda konfiguratsiyalashni talab qiladi. Konfiguratsiyalangan tunnellarni qo‘lda IPv6 protokol uchun Windows da yaratish uchun quyidagi komandadan foydalaniladi: netsh interface ipv6 add v6v4 tunnel
Avtomatik tunnel – qo‘lda konfiguratsiyalashni talab qiluvchi tunnel. Windows uchun IPv6 protokol quyidagi avtomatik tunnellash texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi:
ISATAP (Intra-Site Automatic Tunnel Addressing Protocol) – tunnellarni sayt ichida avtomatik adreslash protokoli bo‘lib, IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi.
6 to 4 – “6 dan 4 ga” o‘tish dinamik tunneli. IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi. Oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi ishlayotgan bo‘lsa ushbu tunnellar, ishlamaydi.
Teredo. IPv4 Internet orqali bir adresli uzatishda oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi foydalanilganida ishlatiladi.
IP protokolida IP-adreslarni maxsus talqin qilish bo‘yicha bir necha shartnomalar mavjud:
Agar IP-adres faqat ikkilik nollaridan iborat bo‘lsa, u ushbu paketni generatsiyalagan tugun adresini bildiradi, bu rejim ba’zi ICMP xabarlarida ishlatiladi;
agar tarmoqning nomer maydonida faqat nollar bo‘lsa, qabul qilish tuguni va paketni uzatgan tugun bir tarmoqqa tegishli deb hisoblanadi;
agar IP-adresning barcha ikkilik razryadlari 1 ga teng bo‘lsa, bunday adresli paket ushbu paketning manbai joylashgan tarmoqning barcha tugunlariga uzatilishi kerak. Bunday uzatish chegaralangan keng eshittIPishli xabar deb ataladi (limited broadcast);
Agar qabul tugunining nomer maydonida faqat 1 lar turgan bo‘lsa, bunday adresli paket tarmoqning berilgan nomeri bilan tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Masalan, 255.255.255.0 maskali 192.190.21.0 tarmoqda 192.190.21.255 adresli paket ushbu tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Bunday uzatish keng eshittirishli xabar deyiladi (broadcast) [8].
|
| |