|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 133/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)4.3.3-jadval. IP-adreslar sinflarining ehtimoliy soni xarakteristikalari
-
Sinf
|
A
|
B
|
C
|
D
|
E
|
1-Oktet qiymati diapazonlari
|
1 - 126
|
128 - 191
|
192 - 223
|
224 - 239
|
240 - 247
|
Tarmoqlarning ehtimoliy soni
|
126
|
16382
|
2097150
|
---
|
---
|
Tugunlarning ehtimoliy soni
|
16777214
|
65534
|
254
|
268435456
|
134217728
|
A sinf adresi – yirik umumfoydalanish tarmoqlarida ishlatishga mo‘ljallangan.
B sinf adresi – o‘rta o‘lchamdagi tarmoqlarda ishlatiladi, masalan, universitet va yirik kompaniyalar tarmoqlarida ishlatiladi.
C sinf adresi – kam sonli kompyuterli tarmoqlarda ishlatiladi.
D sinf adresi – mashinalar guruhlariga murojaat qilinganida
ishlatiladi.
E sinf adresi – zahiraga olingan.
IPv6 4-versiyaning vorisi boʻlgan Internet protokolining yangi versiyasini ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi oʻzgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Manzillashning kengayishi. IPv6 da manzil uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit), bu esa manzillash iyerarxiyasining koʻproq darajalarini taʻminlash, manzillashtiriladigan tugunlar sonini oshirish, avto-konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi. Multikasting-marshrutlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun manzil maydoniga «scope» (manzillar guruhi) kiritilgan. Manzilning yangi «anycast address» turi aniqlangan. U mijoz soʻrovlarini serverning istalgan guruhiga yuborish uchun foydalaniladi. Anycast manzillash oʻzaro harakat qiluvchi serverlar toʻplami bilan foydalanish uchun moʻljal-langan boʻlib, ularning manzillari mijozga oldindan maʻlum boʻlmaydi.
Qoʻshimcha optsiyalar. IP-sarlavhalar optsiyalari kodlashtirilishining oʻzgartirilishi paketlarni qayta manzillashtirilishini yengillashtirish imkonini beradi. Optsiyalar uzunligiga boʻlgan cheklovlarni kamaytiradi va kelajakda qoʻshimcha optsiyalar kiritilishini yanada ochiqroq qiladi. Maʻlumotlar oqimlariga belgilar qoʻyish imkoniyati. Muayyan transport oqimlariga tegishli boʻlgan, ular uchun joʻnatuvchi qayta ishlashning muayyan tartibini soʻragan paketlarga belgi qoʻyish imkoniyati, masalan, TOS (xizmatlar turi) ning nostandart turi yoki maʻlumotlarga vaqtning real tizimida qayta ishlash joriy qilindi. Xususiy almashishlarni identifikatsiyalash va himoyalash. IPv6 da maʻlumotlarning yaxlitligini va istalganda xususiy maʻlumotni himoyalash uchun tarmoq obyektlarida yoki subyektlarida identifikatsiyalash tasnifi joriy qilingan.
IPv6 paketlar formati 4.3.6-rasmda IPv6 sarlavhasining formati aks ettirilgan.
|
| |