• IPv4 paketlar formati
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet131/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    IPv4 va IPv6 protokoli


    IPv4 protokoli
    IPv4 protokoli oʻtgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta manzillarini taqdim eta olish imkoniga ega boʻlgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, manzillar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda koʻrib chiqilmagan.

    IPv4 paketlar formati


    IPv4 paketlar formati 4.3.5-rasmda koʻrsatilgan. Sarlavha maydonlarining funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan: Versiya maydoni (Version) mazkur tarmoqlararo protokol versiyasini koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning 4-versiyasi bilan birgalikda (yaʻni 0100 maydonida) protokolning 6-versiyasidan (yaʻni 0110 maydonida) foydalanish boshlanadi. Sarlavha uzunligi maydoni (Header Length) tarmoqlararo diagramma sarlavhasining 32 razryadli soʻzlardagi uzunligini koʻrsatadi. Eng kam (minimal) uzunlik — beshta soʻz, eng katta (maksimal) uzunlik — 32-razryadli soʻzlardan oʻn beshtasi. Servis turi maydoni (Type of Service) xizmat koʻrsatishning talab etiladigan sifati parametrlarini koʻrsatadi. Ustuvorlik esa, har bir deytagrammaga ustuvorlik kodini berish orqali paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi. Bitlar: 12 — D (delay) — kechikish, 13 — T (throughput) — samaradorlik (oʻtkazish qobiliyati), 14 — R (reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narxi.
    Paketning toʻliq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning sarlavha va foydali ish yuki bilan birga, oktet(bayt)lardagi umumiy uzunligini belgilaydi. Paketning toʻliq uzunligi 65535 bayt (216-1 65 535) gacha yetishi mumkin. Umumiy identifikator maydoni (Identification) tarmoqlararo deytagrammalar fragmentlarini yigʻish uchun moʻljallangan. Bayroq (Flag) maydoni deytagrammalarni fragmentatsiyalash imkoniyatini taʻminlaydi hamda fragmentatsiyadan foydalanishda deytagrammaning soʻnggi fragmentini identifikatsiyalash imkonini beradi. «Flaglar» maydonining 0 biti zahirada boʻlib, 1 esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi (0 — fragmentatsiyalash ruhsat etiladi; 1 — taqiqlanadi), 2 biti mazkur fragment soʻnggisi yoki soʻnggisi emasligini aniqlaydi (0- soʻnggi fragment; 1 — davomini kutmoq lozim).


    Download 7,52 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.