|
Elektron pochta servisining vazifasi
|
bet | 139/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Elektron pochta servisining vazifasi
Elektron pochta Internetdan oldin paydo bo‘lgan. Internet- texnologiyalarning paydo bo‘lishi davrida u mavjud ilovalardan eng ommalashgani bo‘lgan. Rivojlanishi yillarida esa ko‘plab o‘zgartirishlarga uchradi va hozirgacha o‘zgarishda davom etmoqda. Oddiy pochta kabi, elektron pochta asinxron aloqa vositasi hisoblanadi. Kishilar bir-birlariga ularga qulay vaqtlarda yo‘llanadigan manzillar bilan oldindan kelishmasdan xabarlarni yuboradi. Elektron pochtaning oddiy pochtaga qaraganda avzalligi yetkazishning yuqori tezligi, ishlatilishidagi oddiylik va past xizmat ko‘rsatish narxi hisoblanadi. Manzillarli tarqatish ro‘yxati yordamida jo‘natuvchi o‘sha bir xatni bir vaqtda yuzlab oluvchilarga qayta uzatishi mumkin. Bundan tashqari zamonaviy elektron pochta xatlar bilan birga giperko‘rsatmlarni, HTML
formatdagi matnlarni, tasvirni, audio- va videofayllarni, Java-appletlarni va boshqalarni tarqatishga imkon beradi.
4.3.3-rasmda elektron pochta tizimining tuzilmasi keltirilgan. Bu tuzilmada ucha asosiy komponentlar – foydalanuvchi agenti, pochta serverlari va SMTP protokolini ajratish mumkin.
4.3.3-rasm. Internet elektron pochtasining tuzilmasi
Foydalanuvchi agentlari elektron xatlarni o‘qish, javob berish, qayta uzatish, yaratish va saqlashga imkon beradi. Jo’natuvchi oluvchiga yangi xat yozganida uning agenti xatni pochta serveriga yuboradi, bu yerda xat serverning chiquvchi xabarlari navbatiga tushadi. Oluvchi xatni o‘qishni istaganida uning agenti pochta serveri bilan bog‘lanadi va xatni qabul qiluvchining personalkompyuteriga yetkazadi. 1990-nchi yillarning ikkinchi yarmida multimediali xabarlarni o‘qishga va yaratishga imkon beradigan foydalanuvchining grafik interfeysli agentlari (Graphical User Interface, GUI) keng tarqaldi.
Endi pochta serverlari orasida xabarlarni uzatilishi qanday tarzda amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. Ta’kidlash qiziqarliki, SMTP protokoli o‘z ma’nosi bo‘yicha ikkita kishilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro muloqot qilishini eslatadi. Demak dastlab SMTP-mijoz serverning 25- porti bilan TCP-bog‘lanishni amalga oshirishga urinadi. Agar server javob bermasa urinish keyinroq takrorlanadi. Bog‘lanish o‘rnatilganidan
keyin mijoz va server amaliy darajada muloqot qilishdan oldini bir- birlariga o‘zini tanishtiradigan kishilarga o‘xshash qo‘l berishlar bilan almashadi. Qo‘l berishlar protsedurasining borishida mijoz xabarni oluvchi va jo‘natuvchining pochta qutilari manzillarini aniqlaydi. Qo‘l berishlar yakunlanishi bilan mijozdan serverga xabarni uzatilishi jarayoni boshlanadi. Modomiki, uzatish TCP protokoli yordamida amalga oshirilar ekan, ma’lumotlarni ishonchli yetkazilishi ta’minlanadi. Agar mijozning navbatida bu serverga mo‘ljallangan boshqa xabarlar bo‘lsa, ularning barchasi bitta TCP-bog‘lanish orqali ketma-ket uzatiladi. Barcha xabarlar uzatilganidan keyin mijoz server bilan bog‘lanishni yopadi.
|
| |