|
IPv6 versiyasida manzillash va manzillar yozuvlarini taqdim etilishi — arxitekturasi
|
bet | 135/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) IPv6 versiyasida manzillash va manzillar yozuvlarini taqdim etilishi — arxitekturasi
Manzillarning uchta turi mavjud:
Unicast: Birlik interfeys identifikatori. unicast manzildan yuborilgan paket manzilda koʻrsatilgan interfeysga yetkaziladi. Anycast: turli tugunlarga tegishli boʻlgan interfeyslar toʻplamini identifikatsiyalovchi. Anycast manzildan yuborilgan paket manzilda koʻrsatilgan interfeyslardan biriga yetkaziladi (marshrutlashtirish protokolida belgilanganlardan eng yaqini).
Multicast: Turli tugunlarga tegishli boʻlgan interfeyslar toʻplamini identifikatsiyalovchi. Multicast manzil boʻyicha yuborilgan paket ushbu manzil tomonidan berilgan barcha interfeyslarga yetkaziladi. IPv6 da keng ravishda oldindan xabar beruvchi manzillar mavjud emas. Ularning funksiyalari multikast manzillarga oʻtkazilgan.
IPv6 manzillarini matn satrlari koʻrinishida ifoda etishning uchta standart shakllari mavjud:
Asosiy shakli x: x: x: x: x: x: x: x koʻrinishiga ega. Bunda «x» — 16 bitlik — oʻn oltilik sonlar. Misollar:
FEDC:BA98:7654:3210:FEDC:BA98:7654:3210 1080:0:0:0:8:800:200С:417А
Eʻtibor qiling, har bir muayyan maydonlarda boshlangʻich nollarni yozishga hojat yoʻq, biroq har bir maydonda hech boʻlmaganda bitta raqam boʻlishi lozim (2-bandda bayon etilgan holatdan tashqari).
IPv6 manzillari ayrim turlarida koʻpincha oʻzlarida nolli bitlarning uzun ketma-ketligini mujassamlashtiradi. Nol bitlik manzillar yozuvini qulayroq qilish uchun, ortiqcha nollarni olib tashlash uchun maxsus sintaksis nazarda tutilgan. «::» yozuvidan foydalanish 16 ta nollik bitlardan iborat guruhlar borligiga ishora qiladi. «::» kombinatsiyasi faqatgina manzil yozilishida paydo boʻlishi mumkin.
«::» ketma-ketligi, shuningdek, yozuvdan manzildagi boshlangʻich va yakunlovchi nollarni olib tashlash uchun foydalanilishi mumkin. Masalan:
1080:0:0:0:8:800:200С:417А unicast manzil FF01:0:0:0:0:0:0:43 multicast manzil
0:0:0:0:0:0:0:1 teskari aloqa manzili quyidagi koʻrinishda ifoda etilishi mumkin: 1080::8:800:200С:417А unicast manzil FF01::43 multicast manzil
:: 1 teskari aloqa manzili
IPv4 va IPv6 larda ishlash uchun qulayroq boʻlgan yozuvning muqobil shakli boʻlib, x:x:x:x:x:x:d.d.d.d xizmat qiladi, bunda «x» — manzilning oʻn oltinchilik 16 bitlik kodlari, «d» esa — manzilning kichik qismini tashkil etuvchi oʻnlik 8 bitlik kodlari (standart IPv4 ifodasi), Misol uchun:
0:0:0:0:0:0:13.1.68.3 (siqilgan koʻrinishda ::13.1.68.3) 0:0:0:0:0:FFFF:129.144.52.38 (siqilgan koʻrinishda
::FFFF:129.144.52.38)
|
| |