|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 132/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)4.3.5-rasm. IPv4 paket formati
Fragmentli siljitish maydoni mazkur fragmentning tarmoqlararo deytagrammadagi oʻrnini koʻrsatadi. Birinchi fragment nolga teng siljishga ega. Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan paketlarni tarmoqdan bartaraf etish uchun sarlavhadagi yashash vaqti maydonida paket tarmoqda mavjud boʻlishi lozim boʻlgan vaqt koʻrsatiladi.
Ushbu vaqt qiymati paketning tarmoq boʻylab qurilmalardan oʻtishi sayin kamayib boradi. U tamom boʻlganida, joʻnatuvchi tegishli ICMP- xabar bilan xabardor qilingan holda, paket yoʻq qilinadi. Bunday chora tarmoqni siklik marshrutlardan va haddan tashqari ish bilan yuklashdan himoya qiladi. «Yashash vaqti» soniyalarda — koʻpi bilan 255 soniya (taxminan 4,3 daqiqa) etib beriladi.
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath (ICMP — 1, IGMP — 2, TCP — 6, UDP — 17) protokolini aniqlaydi. Sarlavhaning nazorat yigʻindisi maydoni (Header Checksum). Paketning manzil (manzil) qismi buzib koʻrsatilish ehtimolini kamaytirish va uning natijasi — uning aynan manzilga yuborilmasligi (va yoʻqolishi) ning oldini olish uchun, sarlavha paketi 2 bayt oʻrin egallaydigan va butun sarlavha boʻylab hisoblanadigan tekshirish ketma-ketligi — nazorat yigʻindisi bilan yuboriladi. Sarlavhada boʻlgan IP-manzillar (joʻnatuvchining IP-manzili (Source Address) qabul qilib oluvchining IP-manzili (Destination Address) tarmoq obyektlari — soʻnggi koʻrsatma va marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik identifikatorlari boʻlib xizmat qiladi. IP ning yordamchi koʻrsatkichlari maydoni (IP
optsiyalari) (Options) — qoʻshimcha xizmatlar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. Oʻzgaruvchan uzunlikka ega va tarmoqlararo deytagrammada boʻlishi va boʻlmasligi mumkin. Toʻldiruvchi maydon (Padding) sarlavhani 32-razryadli chegaraga moslashtirish (toʻgʻrilash) uchun qoʻllaniladi.
IPv4 protokolini manzillashdagi umumiy tamoyillar
IP-manzillash asoslari. IP-manzil oʻnlik sonlarda ifoda etilgan,
W.X.Y.Z shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob toʻrt oktetlik (32-bitlik) kattalikni oʻzida ifoda etadi. Manzilning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa manzili (oʻzida manzilning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va host manzili (tarmoq segmentida hostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi hostlar soni boʻyicha ajratish IP-manzillarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi. IP- manzillarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, В va С sinflari manzillari noyob sifatida foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid manzillar tugunlar toʻplamiga murojaat qilish uchun qoʻllaniladi, «E» sinfiga oid manzillar esa tadqiqot olib borish maqsadida zahiralashtirilgan va hozirgi vaqtda ulardan foydalanilmaydi. Bundan tashqari, barcha sinflardagi bir necha manzillar maxsus maqsadlar uchun zahiralashtirilgan.
«A» sinf manzillari. «A» sinf tarmoqlari manzildagi eng katta (chap) bitning 0 qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha bitlar) manzildagi chap bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi tarmoqosti (tarmoqning ichidagi kichik tarmoq) lar sonini belgilaydi, ayni vaqtda, qolgan uchta oktet (8 dan 31 ga qadar bitlar) tarmoqdagi hostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi A 124.0.0.1 sinfi manzilini olaylik. Bunda 124. — tarmoq manzilini ifoda etadi, manzil oxiridagi 0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi hostni anglatadi. «A» sinfi manzillari yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (224- 2) ta hostlarni ifoda etish mumkin.
«B» sinf manzillari. «B» sinf tarmoqlari manzilning katta bitlarida 1 va 0 qiymatlar bilan belgilanadi. Manzildagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15 ga qadar bitlar) tarmoq manzillarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet esa, ushbu tarmoqlardagi hostlar raqamlarini ifoda etadi. Natijada biz 65534ta hostlarning har biridan 16384ta tarmoqlar manzillariga ega boʻlamiz. Misol uchun, «B» sinfi manzilidagi 172.16.0.1, tarmoq manzili — 172.16, host raqami — 0.1.
«C» sinf manzillari. «C» sinf tarmoqlari manzildagi katta bitlar 1, 1 va 0 qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) tarmoqlar raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, soʻnggi oktet esa (bitlar 24 dan 31 ga qadar) tarmoqdagi hostlar raqamini oʻzida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 097 152 ta tarmoqqa ega boʻlamiz, ularning har birida 254ta host boʻladi. Misol uchun, S 192.11.2.1 sinfi tarmogʻidagi manzilni olaylik, undagi 192.11.2 tarmoq manzilini oʻzida ifoda etadi, tarmoqdagi hostning raqami esa — 1.
«D» sinf manzillari. «D» sinf tarmoqlari IP — manzilning birinchi toʻrtta bitlarida 1, 1, 1 va 0 qiymatlari bilan belgilanadi. «D» sinfining manzil kengligi tugunlar toʻplamini manzillash uchun foydalanuvchi, guruhiy IP — manzillarni ifoda etish uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur paketning manzil maydonida koʻrsatilgan raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir nechta tugunlarga darhol yetkazilish lozimligini anglatadi.
«E» sinf manzillari. «E» sinf tarmoqlari IP — manzilning katta toʻrtta bitlarida 1, 1, 1 va 1 qiymatlari bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ushbu diapazon manzillaridan foydalanilmaydi. Ular tajriba maqsadlari uchun zahiralashtirilgan. Tarmoqostilarni manzillash. «A» sinfi, «V» sinfi va «S» sinfi tarmoqlaridagi host-mashinalari raqamlari singari, tarmoqosti manzillari lokal ravishda beriladi. Boshqa IP — manzillari singari, tarmoqostining har bir manzili noyobdir.
|
| |