|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 147/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)5.1.1-rasm. ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya
tizimlarining modeli
Har bir bulutning ichida ingliz tilida umumiy qabul qilingan nomi keltirilgan. Yuqorisida esa odatda texnik adabiyotlarda keltirilgan tarjimasi keltirilgan. “aloqa tarmog‘i” termini, aloqa operatori javobgar bо‘lgan muhit kiruvchi, modelning ikki komponentiga tegishli.
XX1 asrda dunyo hamjamiyati о‘zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga о‘tdi.
GAJning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot, tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya’ni jamiyat bolig‘ining material asosi bо‘lib qoladi. Yuqori texnologiyalarni qо‘llash maxsuslashtirilgan yangi soxa, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy maxsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi.
GAJning boshqa xarakterli xususiyati, telekommunikatsiya xizmatlarining juda yuqori darajada oshishidir. Yuqorida qayd etib о‘tilgan barcha ma’lumotlarni samarali uzatish va taqsimlash uchun GAJ tuzilishida butun dunyo aloqa tarmog‘i (World wide communication network) yaratildi va rivojlanmoqda. Bu tarmoq, yer yuzidagi о‘zaro bog‘langan barcha milliy aloqa tarmoqlarining majmuasidan iborat. Ularning asosini, axborotlarni standart yoki normal raqamli oqimlar kо‘rinishida yuqori sifat va avariyasiz uzatishga mо‘ljallangan, zamonaviy transport tarmoqlari tashkil etadi.
RTVC servisning vazifasi
Videokonferensiya – bu kompyuterlarning multimedia imkoniyatlardan foydalangan holda tarmoq bo‘yicha ikkita va undan ortiq insonlarning muloqoti hisoblanadi. Tamroqqa ulangan kompyuter videokamera, mikrofon va audiokolonkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Videokonferensiya tizimlari uchun ishlatiladigan qurilmalar pog‘onaga qarab personal, guruhli va studiyali videokonferensiyalarga bo‘linadi.
Personal videokonferensiyalar (5.1.2-rasm).
|
| |