|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 146/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)kо‘p operatorlik - xizmatlarni taqdim etishda va ularning mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta operatorlarning qatnashishi.
Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni shakllantirishda xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi:
“multioperatorlik” muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash imkoniyati ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini oshirish;
birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni birgalikda ishlashini ta’minlash;
qurilmalarning dastlabki minimal narxini belgilashda “masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qо‘llash imkoni.
Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bо‘lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib о‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning imkoniyatlarini chegaralanganligi yangi infokommunikatsiya xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bularning barchasi, peying avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish yо‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini
rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari mavjudligini hisobga olish lozimligiga majbur qiladi.
“Aloqa tarmog‘i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin.
Birinchidan, aloqa tarmog‘ini, ma’lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bо‘lgan mustaqil obyekt kabi qarash mumkin.
Ikkinchidan, aloqa tarmog‘ini, global axborot infrastrukturasi (GAI)ni muhim komponenti deb qarash mumkin.
Oxirgi tushuncha, xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan XX asrning oxirlarida, axborot va elektr aloqaning rivojlanishini shakllantirish bо‘yicha ishlar oxiriga yetgandan keyin kiritilgan. GAI, aloqa tarmoqlarining majmuasi, foydalanuvchi qurilmalari, axborot va insonlarning resursi kabi qaraladi.
GAIning asosiy vazifasi foydali ma’lumotga ulanishni ta’minlash va аbonentlar orasidagi aloqani o’rnatishdan, shuningdek ishlash, о‘qish va kо‘ngil ochar tomosha qilish uchun yaxshi sharoitni yaratishdan iborat. GAIning funksional imkoniyatlari, kelajakda ma’lumotlarni vaqti va joyiga bog‘liq bо‘lmagan holda, ma’qbul tarif hamda butun dunyo masshtabida yetkazishdir.
Har qanday turdagi telekommunikatsiya tizimlarini taxlil qilish uchun ITU tomonidan tavsiya etilgan modeldan boshlaymiz. Quyidagi rasmda taqdim etilgan bu model, bulutlar kо‘rinishida tasvirlangan 4 ta komponentdan iborat.
|
| |