|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 155/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Tarqatish modellari
Private cloud (hususiy bulut) – bu infratuzilma bulutli hisoblashni tadbiq etishda yagona tashkilot doirasida foydalaniladi.
Community cloud (jamoaviy bulut) – bu infratuzilmada bulutli hisoblashdan faqatgina tashkilotning alohida bir jamoasi, (boʻlim) foydalanishi mumkin.
Public cloud (ommaviy bulut) - bu infratuzilma bulutli hisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanish imkoniyatiga ega.
Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish modellarini barchasini oʻz ichiga oladi (hususiy, jamoaviy, ommaviy).
Servis modellari va asosiy yetkazib beruvchi provayderlar
Software as a Service (SaaS) – xizmat sifatida dasturiy taminot.
Istemolchi ushbu modeldan provayder tomonidan bulutli infratuzilmasida ishga tushurilgan ilovadan foydalanadi. Interfeys (veb- brovzer) yoki dastur interfeysi orqali mijoz foydalana olishi mumkin. Isteʻmolchi bulutli infratuzilma asosini boshqarish va nazorat qilish xuquqiga ega, shu jumladan: tarmoqni, serverni, operatsion tizimni, malumotlar bazasini xatto ilovalar parameterlarini oʻzgartirish imkoniyati berilmagan.
5.1.13-rasm. Taqdimlash modellari.
Platform as a Service (PaaS) – xizmat sifatida platforma. Bulutli hisoblash isteʻmolchiga dasturiy platformadan foydalanish uchun ruhsat berilgan model hisoblanadi, bunda quydagi imkoniyatlardan foydalana oladi: operatsion tizim, maʻlumotlar bazasi, amaliy DT, ishlab chiqish vositalari va DT sinovi. Istemolchi uchun, kompyuter platformasiga oʻrnatilgan operatsion tizim, web – ilovalarni ishlab chiqish, tarqatish va boshqarish uchun maxsus vositalar ijaraga beriladi. Istemolchi bulut infratuzilma asosini boshqarish xuquqiga ega emas, shu jumladan: tarmoq, serverlar, operatsion tizimlar yoki maʻlumotlar bazasini xam, lekin tarqatilgan ilovalar va ish olib borayotgan muhit konfiguratsiya parametlarni sozlash imkoniyati mavjud.
|
| |