|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 163/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Jo‘natuvchi porti (Source Port) –maydon deytagramma uzatgan ishchi stansiyaning portini ko‘rsatadi. Shu portga javob deytagrammani yuborish lozim. Agar mazkur maydondan foydalanilmasa, u nollar bilan to‘ldiriladi.
5.2.2-rasm. Format UDP-paket formati.
Qabul qiluvchi porti (Destination Port) – maydon paket yetkaziladigan ishchi stansiya portini identifikatsiyalaydi.
TCP/IP bazasidagi Internet mijoz/server muhitida, server amaliy satx protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, bu mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir. Umumiy ma’lum portlar tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlar tomonidan foydalaniladi, 0 dan 1 023 gacha diapazondagi sonlar bilan nomerlanadi. Masalan, 25 port - SMTP (Pochtani jo‘natish oddiy protokoli) protokoli, 80 port – HTTP protokoli.
5.2.3-rasmda UDP deytagrammada port nomerining grafik talqini keltirilgan.
Uzunlik (Length) –bu maydon xam sarlavha, ham ma’lumotlarni hisobga olib, oktetlarda UDP-paket uzunligi xaqida axborot beradi. Uzunlikning minimal qiymati sakkizga teng.
Yig‘indi nazorat(Checksum) - bu maydon paket sarlavhasi, psevdosarlavha va paketdagi foydali yuklama maydoni ma’lumotlarini to‘g‘ri uzatilishini tekshiradi. Agar ushbu maydondan foydalanilmasa, ular nollar bilan to‘ldiriladi.
5.2.3-rasm. UDP deytagrammada port nomeri.
Qabul qilayotgan ishchi stansiyada realizatsiyalangan IP modul, agar paket sarlavhasida yuqori satx protokoli UDP protokoli ekanligi ko‘rsatilsa,IP modul tarmoqdan kelayotgan IP-paketni UDP modulga uzatadi. IP moduldan UDP modul paket olganida, u paket sarlavhasida mavjud yig‘indi nazoratni tekshiradi. Agar yig‘indi nazorat nolga teng bo‘lsa, demak, uzatuvchi uni hisoblamagan bo‘ladi.
5.2.1-jadval. Internet-ilovalar va ular bilan bog‘liq UDP portlari
|
| |