|
Asosiy IaaS yechimlar/Sotuvchi (Solution/Vendor)
|
bet | 159/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Asosiy IaaS yechimlar/Sotuvchi (Solution/Vendor): Amazon Web Services/Amazon, IBM SmartCloud/IBM, Softlayer IaaS/IBM, Azure Virtual Machines/Mixrosoft, Google Compute Engine/Google, HP Cloud/HP, EMC/EMC Corporation, Oracle Cloud Infrastructure Services/Oracle. Shuni aytish joizki, IBM ishonchli va ochiq IBM SmartCloud infratuzilmasi IaaS ni boshqarishda yoki oʻz oʻziga xizmat koʻrsatishda amalga oshiradi.
Hozirgi kunlarga kelib provayderlar bulutli tayanch tarmoqlarini yaratishda keng qamrovli mobil aloqalar (mobil aloqa operatori) IaaS xizmatlari tadbiq etishyabti. Bunday xizmatlarga, misol tariqasida bulutli telekomunikatsion platforma, Huawei kompaniyasidan va NSN Telco Cloud yechimi boʻlib Nokia Siemens Networks xizmat qiladi.
5.1.17-rasm Bulutli hisoblashda asosiy IaaS provayderlar.
Huawei kompaniyasidan FusionSphere platformasi hisoblash resurslari, saqlash resurslari, tarmoq resurslarini virtualizatsiya qilish bilan taʻminlaydi va yagona mexanizmni boshqarish va rejalashtirish bilan konfiguratsiyalangan hisoblash resurslarini yagona tizimga birlashtiradi. Nokia Siemens Networks kompaniyasi tovush uzatilayotganda uni ushlab qolayotgan LTE (VoLTE) asosiy mobil xizmatlarni kompleks testlashni tashkil etdi.
Nazorat uchun savollar:
Multimediali tarmoq texnologiyalari haqida ma’lumot bering
Zamonaviy aloqa tarmoqlarigan bо‘lgan talablar
Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari nima?
Multimedia tushunchasi.
Multimedianing afzalliklari
RTVC servisning vazifasi.
Personal videokonferensiyalari.
Studiyali videokonferensiyalari.
Topologiyalari bo‘yicha videokonferensiyalarning turlari.
Ko‘pnuqtali aloqa seanslarning o‘tkazish rejimlari.
H.32x standartning protokollari.
H.323 tavsifnomasi nimani anglatadi.
H.323 standartning bazali arxitekturasi.
H.323 terminalning strukturasi.
Zona nazoratchining asosiy funksiyalari.
H.323 tavsifnomalarning rivojlanish istiqbollari.
H.323 v.4 tavsifnomasi qachon qabul qilindi.
Bulut texnologiya nima?
Bulutli hisoblash tizimi haqida maʻlumot bering?
Bulutli hisoblash tizimlarini boshqa turdagi hisoblashlardan farqlash (Internet resurslaridan) qanday aniqlanadi?
Bulutli tarqatish modellariga nimalar kiradi?
Servis modellari va asosiy yetkazib beruvchi provayderlar haqida tuchuncha bering?
Bulutli texnologiyalarni va bulutli hisoblashlarni ta’lim yurtlarida qanday tadbiq qilish mumkin?
PaaS xizmati?
SaaS xizmati haqida tuchuncha bering?
IaaS xizmati haqida tuchuncha bering?
Virtualizatsiyani oʻzi nima?
Bulutli hosting provayderi nima?
|
| |