|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 167/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Ro‘yhatga oluvchi: Bu server REGISTER so‘rovlarini qabul qiladi hamda so‘rovda joylashgan SIP adres va qurilmaning IP adresini xizmat joylashgan muhitga uzatadi va qayta ishlaydi.
Xizmat manzili: Xizmat manzili – foydalanuvchining manzili haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish uchun SIP yo‘naltiruvchi hamda proksi server tomonidan foydalaniladi. Buning uchun, xizmat manzili SIP adres/IP adresning ma’lumotlar bazasida saqlaydi.
Turli serverlar mantiqiy qurilmalardek RFC 3261 qoidalar to‘plamida tavsiflangan. Ular internetda ajratilgan serverlardek o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin yoki ular bitta ilovaga birlashtirilgan bo‘lishi mumkin va shu bilan birga ular fizik serverlarda joylashgan bo‘lishi ham mumkin. 5.2.4-rasmda SIP komponentlarning bir biri bilan qanday bog‘langani keltirilgan hamda protokoldan foydalanish holati
tasvirlangan. Klientdek faoliyat ko‘rsatuvchi foydalanuvchining agenti SIPdan foydalanib seansni o‘rnatadi. Seans dialogi SIPdan foydalanadi va bitta yoki ko‘p proksi serverdan foydalanib ikki foydalanuvchi agenti orasida so‘rovlarni hamda javoblarni uzatadi va qabul qiladi. Shuningdek, foydalanuvchi agentlari media seansni tasvirlash uchun SDP protokolidan foydalanadi.
Proksi severlar talab qilinganida server yo‘naltiruvchidek faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Agar yo‘naltirish amalga oshirilganida, proksi server xizmat ma’lumotlar bazasi manzilini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi. Odatda ma’lumotlar bazasi proksi server bilan birgalikda ishlashi yoki ishlamasligi mumkin. DNS ham SIP jarayonlarining muhim qismi hisoblanadi. Odatda, UASning domen nomidan foydalanib UAS so‘rov ishlab ishlab chiqadi. Proksi server DNS serverigamaqsadli domen uchun proksi serverni topsih zaruriyati tug‘ulganida kerak bo‘ladi [8].
5.2.4-rasm. SIP komponentlari hamda protokollari.
SIP odatda ishonchli mexanizmni ta’minlash uchun UDP protokolining yuqori qismida ishlaydi ammo TCP (transport control protocol)dan ham foydalanishi mumkin. SIP protokolidan bir yoki ber nechta qatnashuvchilarni seansga taklif qilish uchun foydalaniladi. SDP asosida kodlangan SIP xabari qanday media (ovoz, video) kodlanganligi
haqidagi axborot tashiydi. Bir marta shunday axborot almashinishi natijasida barcha qatnashuvchilar bir birlarining IP adreslarini, uzatish qobiliyati va media turi haqidagi status bilan ogohlantiriladi. Keyin mos transport protokolidan foydalanib ma’lumot uzatish jarayoni boshlanadi. Odatda real vaqt transport protokollari sifatida RTP (real time protocol) protokollaridan foydalaniladi. Seans davomiyligida, ishtirokchilar seans parametrlarini o‘zgartirishlari mumkin masalan media turlari yoki seansga SIP xabaridan foydalanib yangi guruhni qo‘shish.
SIP tarmog‘idagi resurs URI (uniform resource indetifier) tomonidan aniqlanadi. Resurslarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
URI shuningdek port nomerini, parol va shunga bog‘liq parametrlarni o‘z ichiga oladi.
|
| |