• Foydalanuvchi agenti
  • Server yo‘naltiruvchi
  • SIP komponentlari va protokollari




    Download 7,52 Mb.
    bet166/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    SIP komponentlari va protokollari


    SIP tarmog‘i ikki turli komponentlardan tashkil topishi mumkin: klient/server va individual tarmoq elementi. Klient va server komponentlari RFC3261 (request for commend) qo‘idalari to‘plamiga muvofiq quyidagicha tavsiflanadi:

    • Klient: Klient istalgan tarmoq elementi bo‘lib, SIP so‘rovlarini

    jo‘natishi hamda SIP javoblarini qabul qilishi mumkin. Klientlar foydalanuvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro muloqotga kirishishi mumkin yoki kirishmasligi mumkin. Foydalanuvchi agentklientlari va proksilar klientlar hisoblanadi.

    • Server: Server ham tarmoq elementi bo‘lib, xizmatdan foydalanish haqidagi so‘rovlarni qabul qilishi hamda so‘rovlarga mos javob qaytarishi mumkin. Serverlarga proksi, foydalanuvchi agent serveri, yo‘naltiruvchi hamda ro‘yhatga oluvchi serverlar misol bo‘la oladi.

    Standart SIP tarmog‘ining individual elementlari quyidagilar:

    • Foydalanuvchi agenti: Bu agent har bir SIP tarmog‘ining oxirgi punktida joylashadi. Bu ikki xil holatda ishlaydi:

    • Foydalanuvchi agent klienti (user agent client, UAC): SIP so‘rovlarini yaratadi;

    • Foydalanuvchi agent serveri (user agent server, UAS): SIP so‘rovlarini qabul qiladi va unga mos javob shaklini yaratadi masalan qabul qilinganlik, inkor qilinganlik yoki yo‘naltirilganlik haqidagi javoblarni shakllantiradi.

    • Server yo‘naltiruvchi: Qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan qurilmaning adresini aniqlashda seans boshlanishi davomiyligida ishlatiladi. Keyin, server yo‘naltiruvchi ma’lumotni qo‘ng‘roqni amalga oshirgan qurilmaga bu ma’lumotni qaytaradi.

    • Proksi server: Bu klient va server qurilmalari o‘rtasida ishlatiladigan obekt bo‘lib, boshqa klientlarning nomidan so‘rovni amalga oshirish uchun ham klient ham server kabi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, u marshrutlash vazifasini ham amalga oshiradi.


    • Download 7,52 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216




    Download 7,52 Mb.