|
§ 5.3. SMART – texnologiyalar va IOT - buyumlar interneti
|
bet | 175/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)
SMART – texnologiyalar va IoT (Internet of things) – buyumlar interneti zamonaviy tarmoq xizmatlari sifatida
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bugungi kunda juda tez surʻatlar bilan rivojlanmoqda. Internet va uning xizmatlari maʻlumotlarni uzatish hamda qabul qilish tarmogʻi sifatida insonlarning kundalik hayotining turmush tarziga aylanmoqda. Shuningdek, axborot
– kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatning rivojlanish tendensiyasiga taʻsir etuvchi asosiy omillardan biri boʻlib, ilm-fan, biznes va boshqa bir qator sohalarda ulkan yutuqlarga erishishga imkon bermoqda, insoniyatning axborotlar resurslariga boʻlgan ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qoniqtirishini taʻminlamoqda.
AQSHning Vashington shtati Sietl shahrida boʻlib oʻtgan Build 2017 konferensiyasining ilk kunida Microsoft kompaniyasi bulutli texnologiyalar, sun’iy intellektni takomillashtirish sohasidagi soʻnggi yutuqlar va IT sohasidagi boshqa muvaffaqiyatli ishlanmalarni namoyish etdi. Azure bulutli xizmatidan foydalanib, Buyumlar Interneti (Internet of Things) qurilmalarini boshqarishning mutlaqo yangi usulini yaratgani — kompaniyaning muhim yutuqlaridan biri boʻlgan. Kompaniyada yaratilgan Azure IoT Edge ilovasi nafaqat uy sharoitlarida, yanada kengroq chegaralarda — ofis, korxona va ishlab chiqarishda Buyumlar nternet qurilmalarining harakatini boshqarishning unikal imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu konsepsiya
«aqlli» buyumlarning koʻplab funksiyalarini boshqarish imkoniyatini beradigan «bulutli shahar» yaratish tomon tobora harakat qilaverish kerakligini taqozo etadi. (5.3.1- rasm.)
Aqlli tarmoq – (inglizcha: smart network) maʻlumotlarni uzatishdan tashqari murakkab axborot xizmatlarining rang-barang turlarini taqdim qiluvchi kommunikasiya tarmogʻi.
«SMART texnologiya» (aqlli texnologiya) va «Buyumlar interneti» kabi atamalarning paydo boʻlishi esa Internetdan foydalanishni endi nafaqat insonlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qoʻyilmoqda. “SMART” (aql-idrokli, texnologik mukammal) ayni paytda texnologiya olamida keng qoʻllanilayotgan ibora (qisqartma soʻz) boʻlib, uni dastlab 1965 yilda Paul J Meyer, soʻngra 1981 yili George
|
| |