|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 171/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)
IP protokoli asosida so‘zlashuv axborotlarini tarmoq orqali paketlarni jo‘natish bilan uzatish vazifasini amalga oshiruvchi aloqa jihozlari yordamida quyidagi aloqalarni tashkil etish variantlari mavjud:
«Telefondan-telefongacha» (5.2.5-rasm). Oddiy telefon jihozidan chaqiruv IP telefoniya yo‘lagi biron-bir chiqishiga ulangan ATSga boradi va IP tarmoq orqali xuddi shu jarayonning aksini amalga oshiruvchi yo‘lakka boradi.
5.2.5-rasm. «Telefon-telefon» aloqa tizimi.
«Kompyuterdan-telefongacha» (5.2.6-rasm). IP telefoniya dastur ta’minotiga, ovoz platasi (adapter)ga, mikrofon va akustika tizimiga ega multimedia kompyuteri IP tarmog‘iga yoki internet tarmog‘iga ulanadi, ikkinchi tomon esa IP telefoniya yo‘lak orqali ATS yordamida oddiy telefon apparati bilan ulanadi.
5.2.6-rasm. «Kompyuter-telefon» aloqa tizimi.
«Kompyuterdan-kompyutergacha» (5.2.7-rasm). Bunday holatda IP telefoniya bilan ishlovchi apparat va dastur vositalari bilan jihozlangan ikki multimedia kompyuterlari orasida IP tarmoq orqali ulanish amalga oshiriladi.
5.2.7-rasm. «Kompyuter-kompyuter» aloqa tuzilishi.
«WEB brauzeridan-telefongacha». Internet tarmog‘ining rivojlanishi bilan ovoz xizmatlariga ulanish imkoni tug‘ildi, masalan, ba’zi kompaniyalarning WEB sahifalaridagi «aloqa» bo‘limida
«chaqirish» tugmasi o‘rnatilgan. Ushbu tugma bosilishi orqali yuqoridagi kompaniya vakili bilan telefon raqamlarini termasdan turib ovozli ulanishini amalga oshirish mumkin. Chaqirishni amalga oshirgan foydalanuvchi uchun bunday qo‘ng‘iroq harajatlari internet tarmog‘idan foydalanish harajatlariga kiritilgan.
IP telefoniya bilan ulanish an’anaviy telefonlar singari amalga oshiriladi. Abonent go‘shakni ko‘tarib, ATS signalini eshitgach, o‘zi joylashgan yoki unga yaqin bo‘lgan shahardagi yo‘lak raqamini teradi va abonent mahalliy yo‘lak bilan bog‘langach, ovoz chaqirig‘ini oladi. Telefon apparati klaviaturasida o‘z parolini ovoz orqali terib yuborish bilan avtorizatsiyalashdan o‘tadi, so‘ngra chaqirilayotgan abonentning davlat kodi va telefoon raqami teriladi. Mahalliy yo‘lak davlat va shaxarning kodiga qarab IP manzillar zahirasi ma’lumotlaridan abonentga eng yaqin bo‘lgan yo‘lakni aniqlaydi. Mahalliy yo‘lak uzoqdagi yo‘lak bilan internet orqali ulanishni o‘rnatadi. So‘zlashuv yakunida biron bir abonent go‘shakni qo‘ysa, mahalliy yo‘lak uzoqdagi yo‘lak bilan ulanishni uzadi va ulanish vaqtini qayd etadi hamda boshqa kerakli operatsiyalarni amalga oshiradi.
|
| |