|
Ikkinchi qatlam – PaaS (dastur platforma)
|
bet | 158/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Ikkinchi qatlam – PaaS (dastur platforma)
PaaS xizmati oʻzida dastur platformasini va unga servis sifatida taqdim etiladi, u oʻz ichiga: (5.1.16-rasm)
OS – operatsion tizim tarmogʻi (Unix-sistemalar, shu bilan birga Ubuntu Server, BSD/OS Family, Solaris/SunOS yoki Windows Server)
Database – malumotlar bazasini boshqarish tizimi MBBT (MySql, Microsoft SQL, SQL Database, PostgreSQL, Oracle va boshqalar.)
Middleware – oʻrtacha qatlam dasturiy taminoti yoki aloqador dasturiy taminot, turli xil dasturlar, ilovalar, tizim va komponentalarni birga ishlashini taminlab beradi.
Software development tools and testing – instrumental dasturiy taminot veb-ilovalarni ishlab chiqishda va ularni testlashda qoʻllaniladi.
App server – ilovalar server, ishlab chiqishda, testlashda, veb – ilovalar bilan ishlashda qoʻllaniladi.
5.1.16-rasm. Bulutli hisoblashdagi asosiy PaaS provayderlar
IaaS – bu kompyuter va tarmoq infratuzilmasini istemolchilarga taqdim etish va virtualizatsiya sifatida xizmat koʻrsatish. (5.1.6- rasm)
Boshqa soʻzlar bilan aytganda malumotlar markazi yoki maʻlumotlarga ishlov berish markaz provayderi istemolchilarga servis sifatida virtual infratuzilma yaratadi. Virtualizatsiya vositalari malumotlar markazi fizik infratuzilmasini virtuallashtirish imkoni beradi va shu yoʻl bilan birinchi bulutli xizmat qatlami IaaS yuzaga keladi.
Bulut xizmatlaridagi birinchi qatlam – IaaS (Infratuzilma)
Virtualizatsiyani oʻzi nima? Resurslarni virtualizatsiyalash texnologiyasi fizik uskunalar (serverlar, malumotlar saqlash bazasi, malumotlarni uzatish tarmogʻi) ustidan ish olib borish uchun moʻljallangan. Ular istemolchilar oʻrtasida bir – necha qismlarga boʻlinadi. Misol tarizda: bitta fizik serverdan, yuzlab virtual serverlar ishlashi mumkin. Virtualizatsiyani taqbiq etishda dasturiy va apparat darajada boʻladi.
Iaas yaratishda virtualizatsiyadan tashqari avtomatizatsiya xam ishlatilinadi, unda provayder ishtrokisiz resurslarni dinamik taqsimlash imkoniyatini beradi. Avtomatik tizim virtual serverlar soni koʻpaytirish yoki kamaytirish, malumotlarni saqlash uchun disk maydoni yoki tarmoq kanallar aloqasini oʻzgartirish mumkin. Virtualizatsiya va avtomatizatsiya bulut xizmati IaaS da hisoblash resurslari samarali foydalanish, ijara narxini pasaytirish imkonini beradi.
IaaS da korparativ istemolchilar uchun ijara mavjud. Istemolchilar oʻz hisoblash infratuzilmasini yaratishda, ularga integratsiyalangan resurslar taqdim etiladi. Bunday holatlarda isteʻmolchining oʻzi OS va ishlab chiqish vazifalari uchun zarur boʻlgan dasturlarni, ilovalarni oʻrnatishi va sozlashi zarur hisoblanadi.
Iaas konsepsiyasi istemolchi faqatgina aniq vazifalarni bajarish uchun shu hisoblash kuchini sotib olish imkoniyatini beradi. IaaS ni qoʻshimcha xizmatlari tarkibiga har bir isteʻmolchining fizik uskunalariga bulut platformasi orqali ulanishni va uni maʻlumotlar markazi tarmogʻiga joylashtiradi.
Xizmat sifatida infratuzilma – bu keng qamrovdagi korxonalar uchun korparativ yyechim. Infratuzilma maʻlumotlarga ishlov berish markazida, xam va tashqi maʻlumotlar markazida joylashtirilgan boʻlishi mumkin. IaaS xizmati hususiy, ijtimoiy, gibrid bulutlarni yaratish, va himoya etish uchun tashkillashtirilgan. Provayder gibrid bulut konfiguratsiyasni qurishni taminlashda buyurmachining offisi bilan bulutli tarmoq platformasiga lokal tarmoqni birlashtiradi. Bundan tashqari, IaaS bulutli hisoblash xizmatlariga bulutli hosting xam kiradi.
Bulutli hosting – bu hosting resurslarni dinamik ajratadi, resurslarni avtomatik mashtablashtiradi va yuqori barqarorlikni rad etadi. Bulutli hosting vitual hostinga, virtual serverdagi VPS/VDS hostinga va ajratilgan serverdagi fizik hostinga alternativ hisoblanadi.
Bulutli hosting provayderi, sayt egalariga faqatgina zarur sayt resurslari: virtual serverlar, operativ xotira soni va qattiq disk xajmi, hosting infratuzilmani boshqarishdagi imkoniyatlar (misol uchun, tanlash imkoniyatlari, operatsion tizim, RAM lar soni, HDD hajmi va turi, CPU yadro soni, taktlash chastotasi va kirish tezligi).
Bulutli hosting ijarasini toʻlash resurslarni sarflanganligi va faktlar asosida amalga oshiriladi: protsessor vaqtlari soni, disklar soni, sarf qilingan operativ xotira soni va saytlarni ochish tezligi. Shu bilan birga bulutli hosting ijarachisi (sayt egasi) hosting resurslarini oʻzgartirishi va bosim kuchi oshganda resurslarni xam avtomatik tarizda koʻtarilishini sozlash qoʻyishi mumkin. Shunga qaramasdan istemolchilar faqatgina oʻzlari sarflagan resurslarga toʻlaydilar. Bulutli hosting barqarorlikni rad etganda undagi joylashtirilgan sayt bir vaqtning oʻzida boshqa virtual serverlarda ish faoliyati davom etadi ulardan birini rad etilishi sayda olib borilayotgan ishga xalaqit bermaydi. Hozirgi vaqtga kelib hosterlar bulutli hosting bilan tayyorlangan CMSni ijaraga berishni maʻqul koʻrmoqdalar. Hosting – provayderlar, bulutli hostingni tashkilashtirishda, oʻz serverlarini infrasutruktura sifatidagi platformaga CMS oʻrnatilgan Jelastiga almashtiradilar. Funksional platform Jelastik bir urinishda undagi joylashgan CMS va optimalashtirilgan sahifani xam oʻrnatadi.
Jelastik oʻz ichiga PaaS funksionaligini va IaaS infrasutrukturasni tez konfiguratsiya qilinganligini oʻzida aks etuvchi maxsulot hisoblanadi. Jelastic – bu Java va PHP – ilovalarini ishga tushuruvchi platform hisoblanib, u nafaqat hosterlar tomonidan bulutli hostinglar tashkil etishda, balki korparatsiyalar muhit (hususiy yoki gibrid bulutlarda) va veb-ilovalarni ishlab chiqishida ishlatilinadi.
Bulutli hostinglarda, bulutli saytlar – bu zamonaviy ilovalar hisoblanadi. Bulutli saytlarda malumotlar, server ilovalari, bulutli MB da saqlanadi va hammasi virtual bulutli serverlarda bajariladi, saytning klient qismi istemolchining bravzerida bajariladi. Bulut hisoblash muhitida bulut masalalarni yaratishimiz mumkin: Amazon EC2, IBM x86, Microsoft Azure, EMC, VMware larni open – source bazalarida yechimi topiladi. Qaysiki dinamik IT- muhitida maʻlumotlarga ishlov
berish markazi namoyon boʻladi. Bundan tashqari bulutli hisoblashda bulutli maʻlumotlar bazasi qoʻllaniladi.
|
| |