CRM, Email, Office,
5.1.14-rasm Servis modellari
Kommunikatsiya vositalaridan biri elektron roʻyxat (misol uchun, Gmail), avdio va video chatlar (misol uchun, Microsoft Lync Online), bulut servisi (Mobile Device Manegement – mobil qurilmani boshqarish). Bulutli servisda MDM mobil qurilmasi orqali korparativ tizimlar bilan ishlash uchun moʻljallangan.
MDM bulutli tizimi boshqaruvida ishlaydigan xar – hil turdagi mobil qurilmalarga ilovalar yani agentlar oʻrnatiladi. Bu ilovalar oʻz oʻrnida markazlashgan mobil qurilmalarni sozlashda bulut xizmatidagi SaaS korparativ tarmogʻiga kirish imkoniyatini beradi. Bulut kommunikatsion vositalari boshqa SaaS bulutli xizmati orqali integratsiya qilinadi, misol uchun, CRM+MDM, Office Web Apps+Lync Online, Google Docs, Gmail, Hangouts va boshqalar. Saas ning asosiy istemolchilari kichik va oʻrta biznes tashkilotlari hisoblanadi. Koʻpgina SaaS – ilovalar xodimlarni hamkorlikda faoliyat yurutishi va qoʻllab quvatlashi uchun tadbiq etilib, ularni umum masalalarni birgalikda yyechimini topishga undaydi. SaaS – ilova arxetekturasi yagona nusxali ilovalarni serverda ishga tushiriladi, koplab istemolchlarga multijara (Multi - tenant) sifatida xizmat qiladi. Xar bir bajarilayotgan ish jarayonida istemolchiga oʻz virtual nusxa ilovasi taqdim etiladi.
Bulutli hisoblashda SaaS – xizmatini boshqa hildagilari xam mavjud, Cisco WebEx – web – konferensiyalar oʻtkazishdagi bulutli servis; CMS – SaaS modeliga an (SaaS – platform UMI.Cloud); E-
Commerce B2B/B2C – SaaS modeliga an; Marketing SaaS ga asoslangan; «Antivirus Dr.Web» SaaS modeliga a-n; SugarCRM – CRM tijorat tizimi ochiq kodlar bilan; BPMonline CRM instrumentlari bilan biznes jarayoni modelashtirish va avtomatlashtirish uchun.
5.1.15- rasm. Bulutli hisoblashda asosiy SaaS provayderlar.
Shuni aytib oʻtish joizki, bulutli hisoblash konsepsiyasi istemolchilarga bir qancha qoʻshimcha turdagi bulutli xizmatlarni taqdim etadi: Stroge-as-asService, Database-as-a-Service, Information- as-a-Service, Process-as-a-Service, Process-as-a-Service, Integration-as- a-Service, Testing-as-a-Service va boshqalar, bundan tashqari Storage- as-a-Service ning koʻp sonli bulutli saqlash fayllari mavjud:
Amazon Simple Stroge Service (Amazon S3), DropBox, GoogleDrive, MicrosoftOneDrive va boshqalar.
Bulutli texnologiyalarni va bulutli hisoblashlarni ta’lim yurtlarida qanday tadbiq qilish mumkin? Google kompaniyasi ta’lim yurtlariga Google Apps for education bulutli ilovani elektron ta’lim sifatida taqdim etadi. Microsoft kompaniyasi esa oliy oʻquv yurti talabalariga Office 365 for education (Windows Azure in education) bulut xizmatini tavsiya etadi. Bulutli hisoblashni (Cloud Computing) maktablarga, oliy oʻquv yurtlariga tadbiq etish, oʻquvchi va talabalarni bilim bilan yetarlicha taminlaydi.
Bulutli hisoblash modelari talablari va internet - resurslari aynan shu modelga tegishli ekanligini aniqlash uchun, ularni xarakteristikalarini bulutli hisoblashni asosiy xarakteristikalari bilan
tekshirish mumkin: National Institute of Standards and Technology (talab boʻyicha oʻz – oʻziga xizmat koʻrsatish, resurslarda yagona pul boʻyicha hamjihatlikda foydalanish, bir vaqtning oʻzida elastik va mashtablashgan, faqatgina real xizmatdan foydalanganda toʻlash, universal tarmoq kirishi).
|