|
Said ahmad (1920-2008)
|
bet | 1/4 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 348,09 Kb. | | #153584 |
Bog'liq Biznes asoslari MUSTAQIL ISHI 23-13 guruh Biznes so’zining ma’nosi? «Biznes» atamasi ilk bor XVIII-asrning oxiri, XIX-asrning boshlarida paydo bolgan. «Biznes» sozi inglizcha «business» sozidan olingan bolib, «ish», «mashgulot» degan manoni bildiradi. Biznes - bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan, tirikchilik vosidasidir. Biznesning ilk korinishlari kishilarning ongli hayoti boshlangan davrlardayoq namoyon bolgan. Misol uchun, qadimda odamlar ozining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi. Yoki boshqa bir tovarni oz ehtiyojiga qarab qolhdagi biror mahsulotga almashtirib olishardi. Shu tariqa biznes, bank, ombor, birja va boshqa tijorat bilan bogliq tarmoqlar paydo boldi. Demak, biznes biron kishining istemolchi uchun foydali bolgan tovarni ishlab chiqarishga yonaltirgan bilimi va tijoriy faoliyatlar tizimidir. Biznesning asosiy maqsadi nima? Hamma firmalar uchun umumiy bo’lgan asosiy maqsadlar mavjud bo’lib , ular umumiy bo’lgan asosiy maqsadlar :omon qolish , foyda , istiqbol bo’lib hisoblanadi. * Omon qolish. Biologiyada tirik qolish deb atalgan ibora kabi biznesda ham omon qolish iborasi keng qo’llaniladi. Haqiqatan ham raqobat sharoitida firmalar orasidagi “tabbiy tanlovdan ” eson-omon o’tib , bozor munosabatlariga kirishish va bu tizimda o’zining muayyan o’rnini topish har qanday firma uchun umumiy bo’lgan asosiy maqsaddir. * Foyda . Har qanday firmada menejerning faoliyati uning firmaga foyda keltirishni ta’minlay olishi bilan o’lchanadi. Foyda –bu korxona egasi va ishchilar farovonligini oshirishning asosiy manbaidir . Shuning uchun foyda va ko’proq foyda olish har bir firma uchun asosiy maqsaddir . * Istiqbol . Foydaning ahamiyati katta bo’lishidan qat’i nazar menejer firmaning istiqboli haqida ham o’ylashi lozim . Bu esa uzoq mudatli maqsadlarga yetishishga yordam beradi . Masalan , menejer 2-3 –yil mobaynida tushayotgan foydaning ko’p qismini ishchilarni mukofotlash yoki o’z ish joyini jihozlash uchun emas , yangi asbob uskunalar sotib olish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun sarf qilishga qaror qiladi . Garchi boshda uncha katta foyda olinmasa ham ma’lum vaqtdan so’ng bu firmaga juda katta foyda keltiradi.
|
| |