• Qanday tadbirkorlik turlarini bilasiz
  • Biznesni boshlash uchun nima muhim
  • Firma faoliyatini rivojlantirishda quyidagi sohalarda maqsad qo’yish lozim




    Download 348,09 Kb.
    bet2/4
    Sana09.02.2024
    Hajmi348,09 Kb.
    #153584
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Biznes asoslari

    Firma faoliyatini rivojlantirishda quyidagi sohalarda maqsad qo’yish lozim.

    * Resurslar . Firmadagi mavjud resurslardan – jihozlar , pul mablag’lar va ishchilardan – unumli foydalanish maqsadi firma faoliyatida muhim o’rin tutadi.

    * Unumdorlik . Firmaning maqsadi biznesdan mumkin qadar ko’proq foyda olish .Shuning uchun asosiy vazifa ishlab chiqarishni unumli texnologiyalar bilan ta’minlash bo’ladi.

    * Iste’molchilar . Iste’molchilar e’tiborini ko’proq jalb qilish maqsadida tovarlar sifatini yaxshilash, xizmat turlarini ko’paytirish va namunali holda bajarish kerak.

    Qanday tadbirkorlik turlarini bilasiz?

    Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yonalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.

    Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bolinadi.

    Biznesni boshlash uchun nima muhim?

    Biznesni boshlash uchun nima muhim?

    Biznesni boshlash uchun biznes reja biznesning asosi hisoblanadi.

    Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi („birinchi rahbar“), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosadir. Biznes rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar (xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakkllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi.


    Download 348,09 Kb.
    1   2   3   4




    Download 348,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Firma faoliyatini rivojlantirishda quyidagi sohalarda maqsad qo’yish lozim

    Download 348,09 Kb.