• Masofa-vektor
  • Masofa-vektor algoritmlari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet125/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    Hisoblash tarmoqlarida hozirgi vaqtda qoʻllaniladigan yoʻnalish axborotlari bilan almashuvchi adaptiv protokollar, oʻz navbatida ikki guruhga boʻlinadi. Guruxlarning xar biri quyidagi algoritmlarning biri bilan bogʻlangan:

    • masofa-vektor algoritmlari (Distance Vector Algorithms).

    • aloqa holati algoritmlari (Link State Algorithm).

    Masofa-vektor turidagi algoritmlarda har bir marshrutizator tarmoq boʻyicha vaqti – vaqti bilan va keng ogohlantirilgan holda vektorni tarqatadi, uning komponentlari boʻlib, ushbu marshrutizatordan to unga maʻlum hamma tarmoqlargacha boʻlgan masofa hisoblanadi.
    Masofa deganda xoplar soni tushuniladi. Nafaqat oraliq marshrutizatorlar soni, tarmoq boʻyicha qoʻshni marshrutizatorlar orasidan paketlarni oʻtish vaqtini xam hisobga oluvchi boshqa metrika ham boʻlishi mumkin:
    Qoʻshnidan vektorni olgandan soʻng, marshrutizator vektorda koʻrsatilgan tarmoqlargacha masofani, ushbu qoʻshnigacha boʻlgan masofani koʻpaytirib boradi. Qoʻshni marshrutizator vektorini olgandan soʻng, xar bir marshrutizator unga oʻzi bevosita (agar ular uning portiga ulangan boʻlsa) yoki boshqa marshrutizatorlarning eʻlonidan unga maʻlum boʻlgan boshqa tarmoqlar toʻgʻrisidagi axborotlarni qoʻshadi, keyinroq vektorning yangi maʻlumotini tarmoq boʻyicha yuboradi. Xullas oxirida, xar bir marshrutizator inter tarmoqdagi bor boʻlgan tarmoqlar toʻgʻrisida axborot qoʻshni marshrutizatorlar orqali ulargacha boʻlgan masofani bilib oladi.
    Masofa-vektor algoritmlari faqat uncha katta boʻlmagan tarmoqlardagina yaxshi ishlaydi, katta tarmoqlarda esa ular aloqa liniyalarini intensiv keng ogohlantiruvchi trafik yaroqsiz holatga kelib qoladi. Bundan tashqari ushbu algoritm boʻyicha konfiguratsiyaning oʻzgarishi, har doim toʻgʻri katta koʻrilmagan boʻlishi mumkin, chunki marshrutizatorlar tarmoqdagi aloqalarning topologiyasi toʻgʻrisida aniq tushunchaga ega emaslar. Ular faqat vositalar orqali olingan umumlashtirilgan axborot-masofa vektoriga ega. Masofa-vektor protokoliga muvofiq marshrutizator ishi koʻprik ishini eslatadi, chunki bunday marshrutizator tarmoqning aniq topologik surʻatiga ega emas. Masofa-vektor algoritmiga asoslangan eng tarqalgan protokol boʻlib, RIP protokoli hisoblanadi. U ikkita versiyada tarqalgan-IP protokoli bilan ishlovchi RIP IP va IPX protokoli bilan ishlovchi RIP, PX.
    Aloqa holatining algoritmlari tarmoq aloqalarining aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan xar bir marshrutizatorni
    taʻminlashadi. Xamma marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini konfiguratsiyasini oʻzgarishlariga mustaxkamlaydi. “Keng ogohlantiruvchi” uzatish (yaʻni marshrutizatorning bevosita qoʻshnilariga paketni uzatish) bu yerda faqat aloqalar holati oʻzgargandagina ishlatiladi, bu holat ishonchli tarmoqlarda kam uchrab turadi. Grafaning tepasi boʻlib, marshrutizator va ular birlashtirgan tarmoqlar xam hisoblanadi. Tarmoq boʻyicha tarqalayotgan axborot aloqaning xar xil turlaridan: marshrutizator- marshrutizator, marshrutizator-tarmoq tavsiflaridan iborat.
    Aloqalar holati algoritmlari asosidagi protokollar boʻlib, OSI stekining IS-IS protokoli (Intermediate System To Intermediate System), TCP/IP stekining OSPF (Open Shortest Path First) protokoli va yaqinda amalga oshirilgan Novell stekining NLSP protokoli hisoblanadi.
    Shunday qilib, IP tarmoqlarida paketlarni uzatish yoʻnalishini tanlash yoʻnalish jadvallari asosida bajariladi. IP protokolining oʻzi paketlarni uzatish toʻgʻri yoʻnalishini tanlashga imkon bermaydi. Toʻgʻri yoʻnalishni tanlash uchun ICMP, OSPF va RIP kabi boshqaruvchi axborotlarni almashish protokollarini ishlatishi kerak boʻladi.
    Bu protokollar ishning keyingi boʻlimida koʻrib chiqiladi. Marshrutlash algoritmlarida koʻrsatkich sifatida yoʻnalish uzunligi, mustaxkamlik, toʻxtalish, oʻtkazish yoʻlining kengligi va yuklanishni ishlatish mumkin. IP tarmoqlarida manzillash negizi paketlarni marshrutlashga imkon beradi. Bir qadamli marshrutlash oxirgi tugunlarda va marshrutizatorlarda default qatorini ishlatish xisobiga marshrutlash jadvali hajmini kamaytirishga imkon beradi. IP protokoli paketlarni uzatishning toʻgʻri yoʻnalishini tanlashga imkon bermaydi. Paketlarni uzatishning toʻgʻri yoʻnalishini tanlash boshqaruv axborotlari bilan almashish protokollari asosida bajariladi.

        1. Download 7,52 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.