|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 122/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)
IMAP (Interactive Mail Access Protocol) – yana bitta pochta protokoli boʻlib, u POP3 asosida yaratilgandir. Natijada POP3 protokolidagi hamma kamchiliklar hisobga olinib va yangi koʻp sonli kerakli vazifalar qoʻshilgan.
SLIP protokoli
SLIP (Serial Line Internet Protocol) axborotlarni uzatish protokoli doimiy Internetga ulanishni telefon kanali va oddiy modemdan foydalanib tashkil qilish uchun yaratilgan. Narxining yuqoriligi tufayli bu turdagi ulanishdan kam abonentlar foydalanadilar. Bu protokol TCP/IP protokoli bilan birgalikda ishlatiladi va u ancha past pogʻonada turadi.
PPP (Point – to – Point Protocol) protokoli yuqorida bayon etilgan SLIP protokolining bajaradigan vazifasining biridir. Lekin u bu vazifalarni yaxshi bajaradi, chunki qoʻshimcha imkoniyatlari mavjuddir. Undan tashqari, SLIP farqli oʻlaroq PPP nafaqat TCP/IP bilan bogʻlana oladi, balki IPX/SPX, NetBIOS, DHCP mahalliy tarmoqlarda koʻp ishlatiladigan protokollar bilan ham birgalikda ishlay oladi. PPPning koʻp tarqalishiga yana bir sabab u Windows NT oilasiga mansub operatsion tizim oʻrnatilgan Internet – serverlarda foydalanilgani tufaylidir.
X.25 protokoli
X.25 protokoli 1976-yili yaratilgan va 1984-yili mukammallashtirilgan, u jismoniy, kanal va tarmoq bosqichlarida ISO/OSI modeli bilan bogʻlanishda ishlaydi. Bu protokolni mavjud telefon tarmogʻida foydalanish uchun loyihalashtirilgan. X.25 protokolini loyihalashtirilayotgan davrda raqamli telefon tarmogʻi noyob
edi, u analog kanallarda ishlatilar edi. Shu sabab u protokolda xatoliklarni topish va tuzatish tizimi mavjud, bu esa aloqani ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Ayni vaqtda bu tizim axborot uzatishni sekinlashtiradi (64 Kbit/s). Lekin bu holat yuqori ishonchlilik talab etilgan joylarda ishlatishga xalaqit bermaydi, masalan, bank tizimida va boshqalarida.
Frame Relay – yana bitta telefon tarmogʻi orqali axborotlarni uzatishga moʻljallangan protokol. X.25 kabi yuqori ishon chliligidan tashqari yangi qoʻshimcha imkoniyatlarga ham egadir. Uzatiladigan axborotlar video, audio formatda yoki elektron axborot koʻrinishida boʻlishi mumkin boʻlgani sababli uzatilayotgan axborotga qarab uzatish imkonini tanlashi mumkin.
|
| |