• Marshrutlash protokollari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet123/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    Apple Talk protokoli


    Apple Talk protokoli Apple Computer kompaniyasining mulki boʻlib, u Makintosh kompʻyuterlari bilan aloqa oʻrnatish uchun yaratilgan. TCP/IP kabi Apple Talk ham protokollar toʻplamidan iborat boʻlib, ulardan har biri ISO/OSI modelining har birining ishi uchun javobgardir.
    TCP/IP va IPX/SPX protokollaridan farqli Apple Talk protokoli jismoniy va kanal bosqichlarini oʻzi ijro etadi.


        1. Marshrutlash protokollari


    Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida yechiladi. Marshrutlash jadvalini tuzish boʻyicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin qoʻl yordamida tuzatish va qoʻshish imkoni nazarda tutilgan.
    Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar maxsus xizmat protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi toʻgʻrisida axborot almashib turishadi. Bunday turdagi protokollar marshrutlash protokollari (yoki marshrutlovchi protokollar) deyiladi. Marshrutlash protokollarini (Masalan RIP, OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP, IPX) farqlash kerak. Ikkalasi ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi. Ularni paketni har xil turdagi tarkibiy tarmoq manzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin shu vaqtdan birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yigʻib uzatishadi, ikkinchilari esa kanal darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar
    axborotini uzatish uchun moʻljallangan. Marshrutlash protokollari tarmoq prtokollarini transport vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yoʻnalish axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi paketlarining maʻlumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni joylashtirish nuqtaiy nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq darajada deb qaralishi kerak.
    Marshrutizatorlar paketlarning borishi toʻgʻrisida qaror qilishi uchun manzil jadvallariga murojaat qilishida, ularning koʻpriklar va kommutatorlar bilan oʻxshashligini koʻrish mumkin. Ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining tabiati juda farq qiladi. MAS manzillar oʻrniga marshrutlash jadvalida intertarmoq ulanadigan tarmoq nomeri koʻrsatiladi. Marshrutlash jadvalining koʻpriklar manzil jadvalidan boshqa farqi boʻlib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Koʻprik jadvalini qurish paytida, u orqali oʻtayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga yuborayotgan axborot kadrlarini passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar oʻz tashabbuskorligi bilan maxsus xizmat paketlari bilan almashadi va intertarmoqdagi tarmoqlar, marshrutizatorlar va ushbu tarmoq larning marshrutizatorlar bilan aloqasi toʻgʻrisida qoʻshnilariga xabar beradi. Odatda, aloqaning nafaqat topologiyasi hamda oʻtkazish qobiliyati va holati hisobga olinadi. Bu marshrutizatorlarga tarmoq konfiguratsiyasining oʻzgarishlariga tezroq moslashishga hamda, oʻz holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni toʻgʻri uzatishga imkon beradi.
    Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi tavsilotli tarmoq aloqalarining haritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida tarmoqning har bir nomeri uchun yoʻnalish maʻqul boʻlishi maqsadida, ushbu tarmoqqa yoʻnaltirilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorning qaysi biriga uzatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari marshrutlash jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi oʻzgarganda jadvaldagi ayrim yozuvlar bekor qilingan boʻlib qoladi. Bunday hollarda xatto yoʻnalish boʻyicha yuborilgan paketlar yoʻlda toʻxtab qolishi yoki yoʻqolishi mumkin.
    Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real holatiga moslashtira olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bogʻliq boʻladi. Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari. Eng yaxshi yoʻnalishni tanlash usuli va oʻz ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.
    Maʻqul yoʻnalish tanlashning yuqorida aytib oʻtilgan misolida, boshlanish tugunidan to oxirgi tugungacha boʻlgan marshrutizatorlarning butun ketma-ketligi emas, faqat keyingi (yaqinidagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga muvofiq marshrutlash taqsimlangan tuzilma boʻyicha bajariladi, xar bir marshrutizator yoʻnalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun yoʻnalish esa, ushbu paket oʻtgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi.
    Bunga qarama-qarshi koʻp qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan (Source Routing) marshrutlash deyiladi. Bunga muvofiq, tugun - manba tarmoqqa yuborilayotgan paketda, u orqali oʻtadigan xamma oraliq marshrutizatorlari haqida toʻla yoʻnalish berilgan. Koʻp qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning oʻtishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan toʻldiriladi, lekin bunda oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu tuzilma hisoblash tarmoqlarida bugun taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qoʻllaniladi. Lekin IP protokolining yangi versiyasida klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, manbadan marshrutlashga xam ruhsat beriladi.
    Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta sinfga boʻlinadi:

    - adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi.

    Download 7,52 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.