Fiksatsiya qilingan marshrutlashda




Download 7,52 Mb.
bet124/216
Sana19.07.2024
Hajmi7,52 Mb.
#267965
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   216
Bog'liq
5ffd2d83d9d2c (1)

Fiksatsiya qilingan marshrutlashda, marshrutlash jadvalidagi hamma yozuvlar statik hisoblanadi. Tarmoq adminstratorining oʻzi qaysi marshrutizatorlarga u yoki bu manzilli paketlarni uzatish kerakligini hal etadi va utilitalar yordamida marshrutlash jadvaliga muvofiq yozuvlar kiritadi. Jadval, odatda, yuklash jarayonida tashkil etiladi. Keyinchalik uning ichidagisi qoʻl bilan tuzatilmaganiga u oʻzgartirilmasdan ishlatiladi. Bunday tuzatmalar masalan, agar tarmoqda qaysi bir marshrutizator ishdan chiqsa uning vazifalarini boshqa marshrutizator bajargan holda kerak boʻladi. Ikki xil yoʻnalish jadvali bor. Birinchisi, bir yoʻnalishli jadval, unda har bir manzil egasi uchun bitta yoʻl, ikkinchisi, koʻp yoʻnalishli jadval, bunda har bir manzil egasi uchun bir nechta alternativ yoʻllar belgilangan. Koʻp yoʻnalishli jadvalda yoʻnalishlarning bittasini tanlash huquqi berilgan. Koʻpincha bu yoʻl
asosiy hisoblanadi, qolganlari esa rezerv. Tushunarliki, fiksatsiyalangan marshrutlash algoritmi, uning qoʻl usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi faqat oddiy topologiyali kichikroq tarmoqlarda qoʻllash mumkin. Lekin ushbu algoritm katta tarmoq magistrallarida ishlash uchun samarali ishlatilishi mumkin, chunki magistralning oʻzi, magistralga ulangan tarmoq osti (podset) kelayotgan paketlarning eng yaxshi yoʻllari boʻlgan oddiy tuzilishga ega boʻlishi mumkin.
Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman ishlatilmaydi, yoki marshrutlash protokollarisiz koʻriladi. Oddiy marshrutlashning uch turi mavjud.

  • tasodifiy marshrutlash, bunda paket dastlabki yoʻnalishidan tashqari, tasodifiy uchragan bitta yoʻnalishga yuboriladi;

  • koʻchki marshrutlash, bunda paket keng ogoxlantirilgan holda, dastlab yoʻnalishdan tashqari, hamma imkonli yoʻnalishlar boʻyicha yuboriladi.

  • oldingi tajriba boʻyicha marshrutlash, bunda yoʻnalishni tanlash jadval boʻyicha bajariladi, lekin jadval kiruvchi portlarda paydo boʻluvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilish yordamida, koʻprik negizida quriladi.

Eng koʻp tarqalgani, daptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi hisoblanadi. Bu algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi oʻzgargandan soʻng marshrutlash jadvalining avtomatik yangilanishini taʻminlaydi. Adaptiv algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma marshrutizatorlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma oʻzgarishlarini operativ koʻrib chiqib, tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yigʻishga imkon beradi. Adaptiv marshrutlashda marshrutlash jadvalida, odatda ushbu yoʻnalish qancha amaliy boʻlib qolish vaqti oraligʻi toʻgʻrisida axborot bor. Bu vaqt yoʻnalish xayotining vaqti (Time To Live, TTL) deyiladi. Adaptiv algoritmal odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni yigʻib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan marshrutizatorlar yoʻqligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma marshrutizatorlar orasida taqsimlangan.
Marshrutlashning adaptiv algoritmlari bir nechta muhim javob berish kerak. Birinchidan, ular yoʻnalishning optimalligini taʻminlamasa ham, uning maʻqulligini taʻminlash kerak. Ikkinchidan, algoritmlar yetarli darajada oddiy boʻlishi kerak, ularni amalga oshirishda juda koʻp tarmoq resurslari sarflanmasligi kerak. Oxirida marshrutlash algoritmlari moslashuvchanlik xususiyatiga ega boʻlishlari kerak, yaʻni har doim maʻlum bir vaqtda bir xil natijaga kelishi kerak.

Download 7,52 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   216




Download 7,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fiksatsiya qilingan marshrutlashda

Download 7,52 Mb.