• Tayanch so‘z va iboralar
  • Nazorat savollari
  • 12– mavzu. Yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash texnologiyalari. Reja




    Download 28.27 Kb.
    Sana10.11.2023
    Hajmi28.27 Kb.
    #96712
    Bog'liq
    12-mavzu
    KNxFZSV9Ej1C2fFY80XpFhXKzzkq4qmT6LA417Vr

    12– MAVZU. YO‘L TO‘SHAMASI VA QOPLAMASINI SAQLASH TEXNOLOGIYALARI.


    REJA:

    1. Yo‘l to‘shamasini saqlashning asosiy vazifasi.

    2. Yuqori kategoriyali yo‘llarni yuvish.

    3. O‘tuvchi va quyi turdagi qoplamali yo‘llarni saqlash



    Tayanch so‘z va iboralar: yo‘l to’shamasi, mukammallashtirilgan qoplama, vacuum tozalagich, sementbeton qoplamalar.
    Yo‘l to‘shamasini saqlashning asosiy vazifasi bu tizimli qarov, transport-ekspluatatsion ko‘rsakichlarni saqlash va oshirish, qoplamani toza va tartibli saqlashdan iboratdir.
    Mukammallashtirilgan qoplamali yo‘llarni saqlash. Bahorgi davrda jadal tarzda erish boshlanishiga qadar yo‘l yoqasi va qatnov qismidan qor va muzdan tozalanadi. Qoplama quriganidan so‘ng uni puxtalab chang, loy va muzlashga qarshi qo‘llanilgan materiallardan turli xil mexanizastiyalashgan uslublarni qo‘llab tozalanadi. Yo‘l to‘shamasining mustahkamligi kam bo‘lgan va zaiflashgan bo‘laklari ko‘p bo‘lgan (yo‘l poyi o‘ta namlangan, ko‘pchigan) yo‘llarda yuk ko‘taruvchanligi yuqori bo‘lgan avtomobillar harakati cheklanadi, tezlik kamaytiriladi yoki o‘tish butunlay yopilib, ularni maxsus tayyorlangan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi.
    Bahorgi jadal issiq va turg’un ob-havoda to‘kilish, o‘yiqlar, yoriqlar, alohida to‘lqinlar, ko‘tarilishlar, sinishlar, qoplama chetining noravonligi ko‘rinishidagi mayda buzulishlar ta’mirlanadi. Loyning bahor va kuzda yo‘lning alohida bo‘laklarida ko‘p hajmda to‘planishi avtogreyder yordamida, kata bo‘lmagan hajmda to‘planishini mexanik cho‘tka yoki suv sepuvchi mashina yordamida tozalanadi. Yo‘l qoplamasini supurish mexanik cho‘tkali mashina bilan yo‘l o‘qidan qatnov qismining qirg’og’i tomonga surilib bajariladi. Bunda mashinaning keying izi oldingi yurgan izini 0,25… 0,50 m berkitishi zarur. Tozalash quruq yoki ho‘l uslub bilan amalga oshirilishi mumkin. Ho‘l uslubda tozalashda qoplama maxsus suvni ishchi hududga sochib beruvchi forsunka bilan namlanadi. Chang, loy va mayda axlat qoplamadan cho‘tka yordamida tozalanadi va bunkerga mexanik konveer yoki pnevmatik shlang bilan uzatiladi. Quruq holda tozalash vaqtida chang cho‘tkaning ishchi hududidan vakuum-pnevmatik qurilma bilan so‘riladi.
    Tozalashda eng yaxshi sifatga vakuum-tozalagich mashinalar deb nomlanuvchi vakuum-pnevmatik tizimli supurib-tozalovchi mashinalar qo‘llanilganda erishiladi. Supurib-tozalovchi mashinalar 1,5… 3,0 m va undan kata supurish eni va 3,5 … 25 km/soat supurish tezligiga ega bo‘ladi.
    Yo‘l qoplamasini yuvish harakatlanish yo‘nalishiga 75...80° burchak ostida o‘rnatilgan maxsus suvni elpig’ich ko‘rinishida 0,4 MPa gacha bosim ostida purkovchi moslama o‘rnatilgan suv sepuvchi mashinalarda amalga oshiriladi. Bunda suv sarfi 0,9… 1,2 l/m2 ni tashkil qiladi. Mashinalarning turiga qarab yuviladigan tasmaning eni – 2,2… 8,5 m, ishchi tezlik – 3,5… 16,5 m km/soat, stisterna hajmi – 6… 11 m3 oraliqlarda bo‘ladi.
    Yuqori kategoriyali yo‘llarni yuvishda qoplamaga nisbatan 70...80° burchak ostida mashinaning old bamperiga o‘rnatilgan, suvni yuqori bosim ostida yupqa oqimda sochuvchi moslama o‘rnatilgan suv sepuvchi mashina qo‘llaniladi. Bunda suv sepuvchi mashinaning tezlig 60 km/soat gacha etadi.
    Aholi yashash hududlari chegaralaridan o‘tadigan yo‘llar qoplamasiga suv sepish yozning issiq kunlarida amalga oshiriladi. Suv sepishning yuvishdan farqi shundaki unda suv oqimi mashinaning harakat yo‘nalishida oldinga va yuqoriga yo‘naladi, buning natijasida suv sochiladi va qoplamaga yoyilib mikroiqlimni yaxshilaydi va salqinlik hosil qiladi. Asfaltbeton qoplamasiga suv sepishdagi suvning sarfi 0,2...0,3 l/m2 ni tashkil qiladi.
    Qoplama yuzasiga bitum chiqib qolishidan hosil bo‘lgan sirpanchiqlikni bartaraf qilish. Yozning issiq kunlarida asfaltbeton yoki boshqa bitum-mineral materiallardan qurilgan qoplamalarning alohida qismlarida avtomobillar va quyosh nuri ta’sirida qoplama yuziga bitum chiqib qoladi va buning natijasida sirpanchiqlik yuzaga keladi.
    Ushbu kamchilikni oldini olishning bir necha yo‘llari bor. Qoplama yuzasiga o‘lchami 2… 3 mm bo‘lgan qayta ishlanmagan yoki bitum (bitum emulsiyasi) bilan qayta ishlangan yirik donali qum sepilib, katok bilan qoplamaning yumshagan qatlamiga kirgiziladi. Ortiqcha bitum qumni qoplab oladi va bir vaqtning o‘zida qoplamaning tishlashish sifati yaxshilanadi. Eng samarali tadbir qum sepilib supuruvchi mashina bilan qoplama yuzasi tozalanmasidan bir oz muddat oldin (0,5 soat) bunday yo‘l bo‘laklarini kam miqdorda (0,1...0,2 l/m2) organik erituvchilar (masalan kerosin, solyar moyi) bilan qayta ishlashdir. Bu jarayonda bitum erib qumga tez singiydi va undan so‘ng qum bilanbirgalikda chiqib ketadi.
    Sementbeton qoplamalarni saqlashda yoriqlar va choklar, plitalar qirg’oqlari va chegaralari, alohida g’ovakliklar berkitiladi, mahalliy cho‘kish va alohida plitalardagi ko‘tarilib qolishlar bartaraf qilinib, qoplamadagi to‘kilish markazi bo‘lgan bo‘laklar qayta tiklanadi. Yoriqlar oldindan barmoqli freza yordamida qayta ishlanadi va tozalanib, shundan so‘ng to‘ldiriladi.
    Eni 5… 25 mm bo‘lgan yoriqlarni to‘ldirishda asosan tarkibi mahalliy sharoitga bog’liq ravishda tanlangan bitum mastikasi (shu jumladan rezinabitum) dan foydalaniladi. Buzilishlarni to‘ldirishda stementbeton yoki asfaltbeton (shu jumladan quyma) qorishmasi bilan, shuningdek yilning issiq vaqtlarida harorat +5 °S dan kam bo‘lmaganda suyuq shisha qorishmasidan foydalaniladi. Polimerbeton qorishmalari havo harorati +15 °S dan kam bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
    Chuqurligi 5 sm gacha bo‘lgan buzilishlarni to‘ldirishda mayda donali (qumli) stementbeton qorishmasidan foydalaniladi; katta chuqurlikdagi buzilishlarni to‘ldirishda qumli yoki chaqiqtoshning yirikligi 20 mm gacha bo‘lgan chaqiqtoshli beton qorishmalaridan foydalaniladi. Ta’mirlash uchun stementbeton qorishmasini yotqizishdan oldin tayyorlangan yuzaga (10… 20 min avval) markasi 500 markadan kam bo‘lmagan plastiklashtirilgan stement kleyidan yupqa qatlam qilib suriladi. Yozgi davrda buzilishlarni ta’mirlash bilan bir vaqtda tizimli ravishda qatnov qismi tozalanadi, gidrofobizatsiya yo‘li bilan stementbeton qoplamasining yuzasidagi buzulishlardan himoyalash bo‘yicha oldini olish ishlarni amalga oshiriladi.
    Gidrofobizatsiya – bu yuzadagi g’ovakliklar, kapilyarlar va yoriqlarga suvni kirishini oldini olish bo‘lib buning natijasida avtomobil g’ildiragining qoplama bilan tishlashish sifati oshiriladi. Gidrofobizatsiya bo‘yicha ishlar amalga oshiriladigan vaqt davomida yo‘l bo‘lagi harakatlanish uchun yopiladi. Harakatni aylanma yo‘llarga yo‘naltirishning imkoni bo‘lmaganda qatnov qismining har ikki yarmi uchun navbatma-navbat gidrofobizatsiya ishlari bajariladi. Ishlar qoplamani yuvuvchi yoki supurib tozalovchi mashinalar bilan yaxshilab tozalangandan so‘ng bajariladi.
    Yuzani gidrofobizatsiya qilish bo‘yicha ishlar quruq ob-havoda, havoning harorati +5 °S dan kam bo‘lmaganda bajariladi. Ta’mirlangan yo‘l qoplamasi ustidan harakatlanishga ishlar tugatilganidan eng kamida 1 sutkadan so‘ng ruxsat beriladi.
    Kuzgi davrda asosiy e’tiborni yo‘l yoqasini yomon holatga kelib qolishdan saqlashga qaratiladi, chunki yo‘l yoqasining yomon holati natijasida yo‘l poyi o‘ta namlanadi va ko‘pchish boshlanishiga sharoit hosil bo‘ladi, qatnov qismi ifloslanadi va qoplama qirg’oqlari jadal tarzda buzula boshlaydi.
    O‘tuvchi va quyi turdagi qoplamali yo‘llarni saqlash. Qoplama ravonligini oshirish maqsadida (bahor va kuzgi davrdagi yomg’irdan so‘ng) va mineral material bir tekisda taqsimlanishi uchun yo‘l to‘shamasi yuzasi profillanadi, alohida o‘yiqlar, izlar va cho‘kishlar ta’mirlanadi. Dastlabki profillash erta bahorda (qor eriganidan so‘ng) amalga oshirilib, uning natijasida izlar yo‘qotiladi va ko‘ndalang kesim tekislanadi. Ikkinchi profillash bahorgi (nam) davrning ohirida yangi yuzaga kelgan deformastiyalarni yo‘qotish va qoplamani yakuniy tekislash uchun amalga oshiriladi. Yozgi davrda profillash yomg’irdan so‘ng zaruriyat tug’ilgandagina bajariladi. Kuzgi davrda qoplamaning qishki davrda izlar va ko‘ndalang to‘lqinlarsiz, tekis holatda ishlashini hisobga olib profillash amalga oshiriladi. Bahorgi davrda qatnov qismini loy va qor yoki muz qatlamlaridan tozalanadi. Yo‘lni qor va muzning asosiy massasi tozalanganidan so‘ng 3 – 5 kun davomida loy hali qotmasdan avtogreyder yoki buldozer bilan yrngil tozalanadiga holatda bo‘lganda qoplama tozalanadi.


    Nazorat savollari:

    1. Yo‘l qoplamasini yuvish qanday amalga oshiriladi?

    2. Gidrofobizatsiya nima?

    3. Yo‘l qoplamasini supurish ishlari qanday?

    Download 28.27 Kb.




    Download 28.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12– mavzu. Yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash texnologiyalari. Reja

    Download 28.27 Kb.