|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 116/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Faks-servis – tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar joʻnatish imkonini beradi.
Elektron tarjimon – oʻziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib beradi. Unda elektron tarjimonga murojaat etish elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
Shlyuzlar - abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda xabarlarni joʻnatish imkonini beradi.
Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq maʻlumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish sistemalariga quyidagilar kiradi:
Gopher - kalit soʻz va jumlalar boʻyicha axborotlarni topishga yordam beruvchi Internet tarmogʻidagi eng koʻp tarqalgan axborot qidiruv vositasi. Copher-servirida axborotlarni koʻrib chiqish xuddi windows ilovasidagi menyu yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning
«daraxti» kabi koʻrinishdagi menyu yordami bilan tashkil qilinadi. Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan tashkil topgan, masalan: iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q. Keyingi daraja menyulari tanlab olingan oldingi daraja menyu elementlarini boʻlaklar (detallar) ajratadi. Daraxt boʻyicha pastga siljitishning oxirgi punkti hujjat hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl) kabi.
WAIS – Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv vositasi. U kalit soʻzlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga oshiradi. Rasmiy talablar WAISda ixchamlashgan ingliz tilida yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga qaraganda ancha yengil hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional foydalanuvchilar eʻtiborini oʻziga koʻproq jalb etadi.
Internetda eng ommabop va bir meʻyorda rivojlangan xizmat turlaridan biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun ilgaridan oʻylab topilgan. Hozir esa, koʻpchilik odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yer sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin boʻlgan butunlay boshqa
sayt yoki kompyutyerdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola qilinadigan belgilash soʻzlari (buyruqlari) oʻrnatilgan global giper matn sistemasi. Gipermatn gʻoyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu gʻoyani amalga oshirishda toʻrtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:
HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
URL (Universal Resource Locator) manzillashning unvercal usuli.
HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP– Hyper Text Transfer Protocol).
SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi.
Bu vositalar kitobning navbatdagi boʻlimlarida koʻrib chiqiladi.
Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion oʻzgarishlar boʻladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan boʻladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish, odamlar oʻrtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va boshqalar.
Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni oʻzlarining xususiy intellektual imkoniyatlariga qoʻshimchadek qaraydilar.
Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga boʻladigan talab va talabgorlar sonining toʻxtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab boʻlmaydi, inson faoliyatining xohlagan sohasida qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi boʻlib boramiz.
|
| |